imkoniyatlari, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan asosiy dasturiy vositalarning
imkoniyatlari bilan kuchli bog'langan.
Tizimning bunday sifati aniq ishlab chiqaruvchilaming kasbiy maho-
ratlariga bog'langan va bittagina asosiy dasturiy vositalar doirasida kuchli
turlanishlari mumkin. Keyingi yillarda bank faoliyatida ma’lumotlarning
xavfsizligini ta ’minlash muommosi kuchaymoqda. U o'z ichiga bir necha
jihatlarni oladi.
Birinchidan, bu foydalanuvchilaming vakolatlarini epchil,
ko'p bosqichli va ishonchli tartibga solishishdir.
Bank axborotlarining
qimmatliligi m a’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalashga, shu ju m
ladan, jarayonlami, ma’lumotlar holatining o'zgarishlarini boshqarishning
nazoratiga alohida talablar qo'yadi.
Ikkinchidan, ma’lumotlaming yaxlitligi
va bir-birilariga zid bo'lmasliklarini qo'llab-quwatlash vositalarining
mavjudligi. Bunday vositalar kiritilayotgan m a’lumotlar o'rtasidagi
aloqalami ushlab turish va nazorat qilish
hamda muvofiqlashtirilgan
m a’lumotlarning qo'llab-quw atlanishini ta ’minlovchi operatsiyalar
(mavjud) majmuasi usulida kiritishni nazarda tutadi. Uchinchidan, tizimli,
dasturli va apparatli tuzilishlarda m a’lumotlami arxivlashtirish, tiklash va
monitoringining ko'p vazifali tadbirlarining mavjudligidir.
Amaliy va iste’mol xususiyatlariga nisbatan ABTning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
— vazifaviy majmuaning yetarlicha kengligi;
— tizimning integratsiyalashuvi;
— konfiguratsiyalashishi;
— ochiqligi va moslanuvchanligi.
Bank tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning ro'yxatini
ikki qismga: majburiy va qo'shim cha vazifalarga bo'lish mumkin.
Birinchilariga, qoidaga ko'ra, har qanday tijorat bankida bo'ladigan va
tizimda u yoki bu ko'rinishda mavjud bo'lishi kerak bo'lgan faoliyat
yo'nalishlari kiritiladi va ikkinchilarini tanlash esa bankning ixtisoslashuviga
bog'liq.
Bank tizimlarining funksional masalalari.
Banklararo hisob-ki-
toblarni avtomatlashtirish. Avtomatlashtirilgan bank tizimlarining (ABT)
iste’mol (vazifaviy) xususiyatlarini kengaytirish mamlakatimiz bank
ishi rivojlanishining xususiyalari bilan bog'liq. Agar bank xizmatlarining
u yoki bu turlariga o'sib boruvchi so'rovlari ommaviy harakterga ega
bo'lsa, unda ABT bozorida bank texnologiyalarining yangi sifatlari paydo
bo'ladi.
218
ABT lari o'z xizmatlarining keng, turli-tumanligi bo'yicha mijozlarga
tez va sifatli xizmat ko'rsatishga imkon beradi. Tizimning asosiy xizmat
modullari quyidagilarni amalga oshiradi:
— yuridik shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko'rsatish;
— bank-korrespondentlari hisob raqamlari bo'yicha xizmat ko'rsatish;
— kredit, depozit,
valuta operatsiyalari;
— xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular bo'yicha
operatsiyalar;
— fond operatsiyalari;
— plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar;
— buxgalteriya vazifalari;
— tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va bosh
qalar.
Oxirgi avlod ABT „mijoz-server" arxitekturasidagi
tarmoqli tex-
nologiyalarga suyanadi. Keyingi vaqtda moliyaviy tahlilning vazifalari va
biznesni boshqarishning maqsadlariga katta ahamiyat berilmoqda. Moliyaviy
xavf-xatarni nazorat qilishda, resurslarni boshqarishda, operatsiyalarning
foydaliligini, yangi bank xizmati (mahsulot)ning mijoz va bo'linmalar
daromadliligini tahlil qilishga imkon beruvchi tizimlar ishlab chiqarilgan
va ishlab chiqarilmoqda. Bank biznesining rivojlanishi bunday qurollardan
kundalik faoliyatda foydalanish zarurligiga olib keladi. „Imkomservis"
firmasi
misolida ABT ning asosiy vazifaviy tizimlarining qisqacha ta’rifi ustida
to'xtaymiz.
Bankning operatsiya kuni dasturiy-texnologik majmua sifatida bank
hisobining ko'p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarini avtomatlashtiradi
(11.1-rasm).
Mijozlarning shaxsiy hisob raqamlari bo'yicha operatsiyalar to'lov
hujjatlari bo'yicha amalga oshiriladi. Shaxsiy hisob raqamdan ko'chirma esa
har bir buxgalteriya yozuvlarini aks ettiradi. Majmua shaxsiy sabablar
bo'yicha (hujjatlarni rasmiylashtirilgan buxgalteriya yozuvlari bo'yicha)
mablag'larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga oshiradi.
Hujjatlar bundan keyingi nazorat operatsiyasidan o'tadi, barcha parametrlar
mos kelganda, hujjatlaming ro'yxati tuziladi va hisoblash-kassa markaziga
jo'natish uchun fayl shakllantiriladi. Korrespondentlik hisob raqami orqali
o'tgan hujjatlar hisob raqamlari bo'yicha tarqatiladi.
Filiallar faoliyatining hisobi bo'yicha majmua filialning hisobxonasi
va boshqa bo'limlardagi ish joylarini avtomatlashtirishga mo'ljallangan.
„Bank filiallari" darajasida filiallardan
olingan axborotlarni bilish, ishlab