Mujassamlashgan bank avtomalashtirilgan axborot tizimlari (BAAT)
mablag' kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo'yicha
nazorat
qilinadigan mablaglami o‘zlashtirish, qaytarilishi va muvafiqlashtirilishini
jadallashtirish vositasi boMgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat
boMadi. Mujassamlashgan BAAT bank vazifalari
aloqalarining butun
murakkabligini o'zida aks ettirilgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu
mukammal avtomatlashtirilgan vazifalar majmuasi emas, balki murakkab
tizimning xususiyalari: ierarxik tuzilishining murakkabligi, emerjmentlik,
vazifaviy maqsadlarning ko'pligi; stoxastik (ehtimollik)
harakteriga ega
jarayonlami boshqarishni ta’minlashda ishning o'zgaruvchanligi va ko'p
vazifalikka xos boMgan dasturlar majmuasidir.
Shuning uchun ham
mujassamlashgan BAAT ni ishlab chiqishda
uning tarkibiy tuzilishi va
mazmuniga ta ’sir qiluvchi ko'p sonli omillar:
— bankning umumiy ta’riflari, hozirgi
va kelgusidagi maqsadlari
hamda uni rivojlanishining strategik yo'nalishlarini, boshqaruvning vujudga
kelgan tuzilishining xususiyatlari;
— tizimning arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo'lgan
vazifalarining tarkibi;
— kiruvchi va chiquvchi hujjatlaming miqdori;
— axborot xavfsizligiga talablarni tahlil qilish talab qilinadi.
Bunday tahlil asosida bo'lg'usi tizimning
asosiy tamoyillari ishlab
chiqiladi.