208
ammo o'zaro bog'langan A D P lar majmuasi mavjud bo'lishi ko'zda tuuTadi.
Majmua ADPlarining tarkibi quyidagicha: „Provodka-Asosiy kitob-Balans",
mehnat va ish haqining hisobi, fond laming hisobi, moliyaviy natijalaming
hisobi, korxonaning moliyaviy holatining tahlili. Buxgalteriya vazifalari
a n ’anaviy m ajm uasining tarkibi yangi bosh q aru v, savdo va tahliliy
m odullarining yaratilishi hisobiga kengaytirilishi m um kin. Bunda asosiy
tam oyilga rioya qilish zarur — A D P lar o'zaro axborotli bog'langan
bo'lishi kerak, bu faqat A D P lam ing butun m ajm uasini bitta firmadan
xarid qilinganda mumkin.
1 1 .1 .3. Audit faoliyatini kompyuterlashtirish asoslari
Audit deganda korxona va iqtisodiy obyektlar moliyaviy xo'jalik
faoliyatini tekshirib berish, ular ishining iqtisodiy ekspertizasini o'tkazish
tushuniladi. Auditorlik faoliyatining asosiy sharti — to'la mustaqillikka ega
bo'lish, hech kimga qaram bo'lmaslik, o'z ishini har bir mamlakatda
yoki halqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga
binoan olib borishdir. Audit faoliyatining ikki turi mavjud: ichki va tashqi
audit. Tashqi audit xolis firma tomonidan awaldan tuzilgan kontrakt
asosida bajariladi. Ichki audit esa shu korxonada ishlovchi xolis mutahassislar
tomonidan korxona rahbarlarining buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi.
Tashqi audit quyidagi funksiyalarga ega:
• tekshiruv-taftish;
• baholovchi-maslahatlashuv.
Tekshiruv-taftish funksiyasiga audit bo'limi, hisobchi xodimlar,
hisobot tizimi va hisob-kitob hujjatlari kiradi.
Baholovchi-maslahatlashuv funksiyasiga esa rahbariyat faoliyati va
maslahatlar kiradi.
Ichki audit funksiyalari quyidagilar:
• tekshiruv-taftish;
• maslahatlashuv-bashoratlash.
Ichki auditning tekshiruv-taftish funksiyasiga hisobot tizimi va hisob-
kitob hujjatlari kiradi.
Tashqi audit deganda hisobotlaming ishonchliligi, to'laligi va mavjud
qonunga asoslanganligini aniqlash maqsadida xo'jalik subyektining xolisona
ekspertizadan o'tkazish va chop qilinadigan moliyaviy hisob-kitoblami
tahlil qilish, shuningdek, hisob-kitob, soliq, moliya, tashkiliy va boshqa
masalalar bo'yicha maslahatlashish tushiniladi.
2 — R.X. Alimov va boshq.
209
|