|
• noto'g'ri hujjatlarni chiqarib tashlash Pdf ko'rish
|
bet | 145/174 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 4,18 Mb. | | #156878 |
Bog'liq axborotlashtirish• noto'g'ri hujjatlarni chiqarib tashlash;
• noto'g'ri hujjatlarni nazorat qilish va tuzatish kiritish;
• birlam chi hujjatlarni bosib chiqarish.
Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo'ladi va har xil hisobot
shakllarini olish bilan bog'liq. Uni bajarish uchun „moddiy boyliklarning
qaydnomasi", „Aylanish qaydnomasi" va „Hisobotlar" menyusi modulidan
foydalaniladi. Asosiy bosqichning bajarilishini ta’minlashda m a’lumotlar
bazasida hisobot tuzish uchun foydalaniladigan har xil kombinatsiyali
(ishchi) axborot to'plamlarining mashina tomonidan olinishi ta’minlanadi.
Har bir ishchi axborot to'plamlari qandaydir asosiy so'z (masalan,
materialning nomenklatura nomeri) bo'yicha navlarga ajratilishi va undagi
yakuniy ma’lumotlar hisoblanishi kerak. Natijada hisobot ma’lumoti
shakllanadi, keyin u „Bosib chiqarishga" topshiriladi.
Ma’lumotlarni mashina xotiralarida arxivlashtirish va boshqa AIJga
uzatish uchun axborotlarni shakllantirish kabi operatsiyalami ham bajarish
mumkin.
Kompyuter ishlab chiqishni rivojlantirishning hozirgi bosqichi uchun
buxgalteriya hisobi vazifalarini texnologik jarayonning operatsiyalari
tomonidan ko'zda tutilgan integratsiyalashishi xosdir. Uning mohiyati
shundan iboratki, buxgalteriya hisobining har bir uchastkasini alohida
AIJ da ishlab chiqa turib, axborot shakllantiriladi, u keyinroq birlashtiriladi
va dastuming asosiy moduli tom onidan yig'ma buxgalteriya hisobi
(„buxgalteriya yozuvlarini ko'chirish"usuli) uchun foydalaniladi.
Hisob vazifalarini ishlab chiqish texnologiyalarini amalga oshirishning
muhim elementi uning dasturiy ta’minlanishi bo'ladi. Kompyuter dasturlari
bozorida har xil korxonalar, firmalar, tashkilotlar uchun mo'ljallangan
buxgalteriya dasturlari variantlarining turli-tumanligi taqdim etilgan.
Dasturiy mahsulotlami ishlab chiqish ko'p sonli firmalar tomonidan
olib boriladi, ulardan eng mashhurlari „1C:Buxgalteriya", „Parus",
"Intelekt-Servis", „Infosoft", „X akers-Dizayn" va boshqalardir
Buxgalteriya hisobining vazifaviy ADP larini tasniflashda ulaming kichik,
o'rta va yirik korxonalarga mo'ljallanishi asos bo'lib xizmat qiladi.
Ko'pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mahalliy va tarmoqli
ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab
va qimmat, „mijos-server" yangi texnologiyasini amalga oshirish maxsus
uskunalar va operatsiyon tizimlarning hamda hisoblash tarmog'iga xizmat
ko'rsatuvchi mutaxasislar shtatining mavjudligini talab qiladi. Qoidaga
ko'ra, tarmoqli ADP lar buxgalteriya hisobining dasturlaridan tashqari
207
|
| |