11-BOB. TURLI TARMOQLARDAGI
AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI VA
TEXNOLOGIYALARI
11.1. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot
tizimlari va texnologiyalari
11.1.1. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va
uning vazifalari
Iqtisodiyotni boshqarishdagi o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish
buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko'rsatadi.
Har qanday iqtisodiy obyekt boshqarish faoliyatining asosini mu
rakkab qurilishga ega bo'lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ulaming
tarkibi, faoliyat turi korxona, iqtisodiy obyekt, firmaning ko'lamiga bog'liq.
Boshqaruv jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol o'ynaydi, bu yerda
barcha axborotlarning 60% ga yaqini jamlangan. Buxgalteriya hisobining
axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini
o'z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat
va ish haqi hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash
operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig'ma hisob
va hisobotlami tuzish.
ShK lar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilingan,
korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini
tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi
talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarni taqsimlash bazalari tizimini yaratish,
turli foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda
boshlang'ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo
bo'ldi va boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi.
Vazifalararo majmuasini tashkil qilish „materiallar" dasturi ham
ko'rib chiqilishi mumkin. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harajatni
hisobga olish jarayonida uchta bo'lim:
• omborlar;
• hisobxona;
• moddiy-texnika ta ’minoti bo'limi mutaxassislari faoliyat yuritadi.
Dasturiy majmua o'z ichiga uch qism: