boshqa darajaga ko'tariladi




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

boshqa darajaga ko'tariladi.
Ierarxik tashkil etilgan kompyuterlar tarmoqdagi o'zaro aloqasini 
ta’m inlovchi protokollar to'plam i kom m unikatsion protokollar — steki 
deyiladi.
Yetti darajali ISO etalon m od elin in g darajalar vazifasini ko'rib 
chiqam iz. (10.2-rasm ):
7-daraja — amaliy (Application Layer). Amaliy va tizimli ilovalar 
(dasturlar) majmuyi. Bu darajada „Sherigimga qanday ma’lumotlar kerak?" — 
degan savolga javob berilishi lozim. Ma’lumotlar o'lchov birligi — xabar 
(message).
6-daraja — ma’lumotlarni taqdim etish (Presentation layer). Tarmoq 
kompyuterlari o'rtasida ma’lumot almashuvining shakllari (format) 
aniqlanadi. Bu daraja taijimonchi ham deb ataladi. „Ma’lumotlar qanday 
shaklda ifodalanishi lozim?" degan savolga javob beriladi. Ma’lumotlami 
shifrlash uchun SSL (Secure Socket Layer) protokoli qo'llaniladi.
5- 
seansli (Session Layer). Bu darajada ikkita kompyuter o'rtasida 
ilovalar seansini tashkil etish, foydalanish va seansini tugatishda TCP 
(Transmission Control Protocol), UDP (User Datagram Protocol) hamda 
UUCP (Unix to Unix Copy Protocol) protokollari qo'llaniladi. „Sherigim 
kim?" — degan savolga javob beriladi. M a’lumotlar o'lchov birligi — 
seans xabarlari.
4-daraja — transportga oid (Transport layer). Bu darajada TCP va 
UDP protokollari (T C P G 'IP stekidan) hamda SPX (Seguenced Packet 
Exchange) Novell steki protokoli yordamida ma’lumotlami bexato tashish 
ta’minlanadi „Sherigim qaysi yerda joylashgan?" — degan savolga javob 
olinadi. Ma’lumotlar o'lchov birligi — paketlar oqimi.
3-daraja — tarmoqli (Network layer). Bu darajada jo'natuvchi 
kompyuterdan qabul qiluvchi kompyuteigacha bo'lgan marshrut aniqlanadi. 
IP (Internet Protocol) va ARP (Address Resolution Protocol) protokollar 
foydalanilgan holda „Sherigimga qaysi marshrut bilan yetib borish 
mumkin?" — degan savolga javob beriladi. Ma’lumotlar o'lchov birligi 
paket (packets).
2-daraja — kanalga oid (Data Link Layer). Bu darajada ma’lumotlar 
tarmoqli darajadan jismoniy darajaga kadr (frame) shaklida uzatiladi. Lokal 
tarmoqlarida kanalga oid darajasida Ethernet, Token Ring, FDDI 
protokollari foydalaniladi, global tarmoqlarida esa SLIP (Serial Line In­
terface Protocol) hamda PPP (Point to Point Protocol) protokollari
13 — R.X. Alimov va boshq.
193



Download 4,18 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish