188
sirlanisliini ko'zda tutayapti. Tarmoqning ta'sirlanish vaqti deganda. tarmoq
xizm atiga talab hosil qilishdan, to unga javob olgungacha bo'lgan vaqt
tushiniladi.
Tarmoqning o'tkazib yuborish imkoniyati, bu tarmoqning belgilangan
vaqt birligi ichida uzatilayotgan ma'lumotlar miqdori, oMchov birligi
bit/s yoki paket/s boMadi. Tarmoqning o'tkazib yuborish imkoniyati o'ta
tez, eng ko'p va o'rtacha bo'lishi mumkin. Kompyuter tarmoqlarini
loyihalashda ko'pincha eng ko'p va o'rtacha tarmoqning o'tkazib yuborish
imkoniyatlari qo'llaniladi.
Paketni uzatishning to'xtab qolishi deganda, paketning tarmoq biron-
bir qurilmasining kirishidan, to shu qo'rilmaning chiqishida paydo
bo'lishigacha o'tgan vaqt tushuniladi.
Ishonchlilikning asosiy tavsiflari quyidagilar:
a) tarmoqning tayyorlik koefTitsiyenti — bu tarmoqdan unumli
foydalanish vaqti;
b) paketlarni tegishli tarmoq uzellariga o'z vaqtida va ma’nosini
buzmasdan yetkazib berish;
d) xavsizlik yoki tarmoqqa ruxsat berilmagan kirishdan himoyalash;
e) rad etmaslilik (barqarorligi).
Tarmoqning kengayish imkoniyati deganda tarmoqqa yangi foy
dalanuvchilar, qo'shimcha kompyuterlar, ilovalar, xizmatlar, qurilmalami
ulash imkoniyati tushuniladi. Tarmoqning masshtablashtirish imkoniyati
deganda tarmoq kengaytirilgandan so'ng uning unumdorligining pasay-
masligi tushuniladi.
Tarmoqning aniq „ochiq" bo'lishi. Sun Microsystems mutaxasislari
shiori bo'yicha: „Tarmoq — bu kompyuter" Bu shior shu tarmoqning
aniqligini, „ochiq" ekanligini bildiradi. Tarmoqda paydo bo'lgan ba’zi
bir kamchiliklami foydalanuvchilarga bildirmaslik ham aniqlik hisoblanadi.
Kompyuter tarm og'ining har xil traflklarini qo'llab-quwatlash
imkoniyati. Kompyuter va multimediya trafiklari muammolari.
Tarmoqni boshqarish deganda tarm oqning asosiy elementlarini
markazlashtirilgan holda nazorat qilish, samaradorligini tahlil qilish va
tarmoq rivojlanishini rejalashtirish tushuniladi.
Tarmoqning moslashuv imkoniyati. Kompyuter tarmog'ida har xil
apparat, dasturiy va texnologik ta’minot mavjud bo'lsa, buni geterogen
tarmoq deyiladi. Agar geterogen tarmoq hech qanday muammosiz ishlasa,
u integratsiyalashgan tarmoq deyiladi.
189
|