|
0 .2 . Zamonaviy kompyuter tarm oqlariga qo‘yiladigan Pdf ko'rish
|
bet | 131/174 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 4,18 Mb. | | #156878 |
Bog'liq axborotlashtirish1 0 .2 . Zamonaviy kompyuter tarm oqlariga qo‘yiladigan
asosiy talablar
Zamonaviy kompyuter tarmoqlariga qo'yiladigan asosiy talab, bu
tarmoqlaming asosiy maqsadidan kelib chiqadi, ya’ni foydalanuvchining
taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni
ta ’minlash. Boshqa talablar esa unumdorlik, ishonchlilik, kengaish
imkoniyati, aniqlik (ochiqlik) va boshqalar shu asosiy talabni bajarish
sifatiga bog'langan.
Umuman, tarmoq xizmatlaridan sifatli foydalanish deganda tar
moqqa qo'yiladigan ikkita talab ko'zda tutiladi — unumdorliak va ishonchlilik.
Kampyuter tarmoqlari xizmatlaridan sifatli foydalanishda ikkita yondashish
mavjud.
Birinchi yondashishda, kompyuter tarmog'i foydalanuvchiga muayyan
xizmat ko'rsatish turini kafolatiga oladi. Masalan A foydalanuvchining В
foydalanuvchiga yuborgan paketi 150 ms dan ortiq kechiktirilmasligi yoki
A va В foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatadigan aloqa kanalining o'rtacha
ma’lumot o'tkazib yuborish imkoniyati 5 Mbit/sekunddan past bo'lmasligi
va xokazo. Kafolat beruvchi tarmoqlar: Frame rilay, ATM va boshqalar.
Ikkinchi yondashishda, kompyuter tarmog'ida foydalanuvchilaming
prioritetiga (ustunligiga) ko'ra xizmat ko'rsatiladi. Bunday xizmat turini
best effort — harakat qilish deyiladi. Tarmoqning imkoniyatiga qarab
yaxshi xizmat qilish uchun harakat qilanadi, ammo sifatli xizmat
ko'rsatish kafolatini bermaydi.
Kompyuter tarmoqlariga qo'yiladigan asosiy talablarni kengroq ko'rib
chiqamiz.
Unumdorlik. Tarmoqda yuqori unimdorlikka xizmatlarini (servislarini)
bir necha kompyuterlarda parallel ravishda bajarish evaziga erishiladi.
Unumdorlikning bir nechta tavsiflari mavjud:
a) tarmoqning ta’sirlanish (javob) vaqti;
b) tarmoqning o'tkazish imkoniyati;
d) paketli o'tkazishning to'xtab qolishi.
Tarmoqning ta’sirlanish vaqti. Agar foydalanuvchi: „Bugun tarmoq
sekin ishlayapti,
— desa, demak foydalanuvchi tarmoqning ta’-
|
| |