Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi:
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o'rganish (axborotni yig'ish,
qayta ishlash, tarqatish);
b) inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion-axborot mo
dellarni yaratish;
d) aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish
va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va
hokazolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar
tayyorlash.
Demak, informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va
vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jara
yonlarini tashkil etish, ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;
• axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida
axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi
texnologiyani yaratish;
• jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va
texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muam
molarini yaratash, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish.