olingan. Qaror qabul qilish uchun bir-biriga qo'shiladigan hisob-kitobdan
boshqa axborot ham bolmagan.
„Q oT‘ axborot texnologiyasi o‘rniga XIX asr oxirida ,,mexanik“
texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf
etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi — bular bari awaliga
axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so‘ng ish mahsuldorligida sezilarli
o'zgarishlar yuz berishiga zamin boidi. Mohiyatan, mexanik texnologiya
mavjud muassasalarda tashkiliy tarkibining shakUanishiga yo'l ochib berdi.
XX asrning 40—60-yillarida „elektr" texnologiyasi paydo bo'lib, u yechib
almashtiriladigafl elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qo-
g'ozdan foydalanuvchi nusxa ko'chirish mashinasi, portativ diktafonlardan
iborat edi. Aynan shu vositalar hujjatlarni qayta ishlash sifati, soni va
tezligini oshirish hisobiga boshqarish faoliyati yaxshilandi. Ko'pgina
zamonaviy muassasalar „elektr" texnologiyasiga asoslanadi.
1960-yillaming ikkinchi yarmidan esa
„elektron"
(yoki „kompyuter")
texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotning shaklini emas, mazmunini
o'zgartirishga urg‘u berila boshlandi.
M a’lumki, boshqaruvning axborot texnologiyasi axborotni qayta
ishlash bo'yicha eng kamida quyidagi muhim uchta tarkibiy qismga ega
bo'lishi lozim: hisobga olish, tahlil va qaror qabul qilish. Bulami kom-
pyuterlarda amalga oshirish tobora murakkablashib bormoqda. Chunki,
o'zida sanoqsiz ma’lumotlami jamlagan „qog'ozlar dengizi" tobora kengayib
bormoqda.