inson yoki axborot tizimlari o'rtasida ideal tarzda almashuvini o'tkazish
imkoniyati ilg'or texnologik muammo kasb etadi. Axborot
mahsulotlarini
qayta ishlash va uzatish muammosi ularning kelishi va tez harakatlanishi
bo'yicha to'liq muvofiq bo'lishi lozim.
3. Oraliq bo‘g‘inlarai tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining
rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga,
so'ngra, axborot manbayi yo'lidan iste’molchiga qarab (ya’ni, bu sohadagi
yetkazib beruvchi va iste’molchilar) oraliq bo‘g‘inlartugatiladi. Masalan,
muallif va kitobxon, sotuvchi va haridor, qo'shiqchi vatinglovchi, o'qituvchi
va o'quvchi yoki iqtisodiy obyektlarda mutaxassislar o'rtasida
video-
konferensiya, elektron kiosk, elektron pochta tizimi orqali bevosita muloqot
qilish imkoniyati tug'iladi.
4. Globallashtirish. Iqtisodiy obyekt yo'ldosh
aloqa va Internet
tarmog'idan foydalanib, axborot texnologiyalari yordamida xohlagan joyda
va xohlagan paytda ish olib borishi mumkin. Aynan Internet
tufayli odamlar
dunyoning har qanday nuqtasidan turib o'zaro muloqot qilish imkoniga
ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada keng
geografik
mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo'ladi.