1. Falsafiy nuqtayi nazardan axborot ongga nisbatan ikkinchi darajali
deb qaraladi. Ong ham o'z navbatida borliqqa nisbatan ikkinchi darajali.
Shundan kelib chiqqan holda axborot signallarning tartibga solingan ketma-
ketlik obrazi boMishi lozim. Aniqroq aytganda, semantikaga (mazmun,
mohiyatli) ega, fikr tashuvchi boMishi kerak.
Axborotning moddiy tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks
ettirgandagina axborot mavjud boMadi, aks holda borliq axborotsiz qoladi.
Shunday qilib, axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va mohiyati
sanaladi.
2. Kibernetik nuqtayi nazardan,
tirik organizm, avtomatik hara
katlanuvchi mashina yoki inson-mashina tizimi tomonidan amalga oshirilgan
har qanday jarayonda (ongli yoki ongsiz ravishda) axborot yuzaga kelishi,
uning qabul qilinishi, uzatilishi, qayta ishlanishi yuz beradi. Ayni paytda
keladigan axborot signallari obyektining tashqi ta’sirlarga boMgan reaktsiyasi
ishlab chiquvchi signallaiga aylantiriladi.
Signallami uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki ener-
giyaning borliq va vaqtda harakatlanishi hamda obyektlar yoki muhit-
laming o‘zaro aloqasi holatini, tarkibining o‘zgarishini yuzaga
keltiruvchi
har qanday jarayonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
3. Axborot nazariyasida ko'pincha „axborot miqdori" tushunchasidan
foydalaniladi. Bunda asosan shu narsa anglanadiki, axborot — bu axborot
olingunga qadar va olingandan so'ng mumkin boMgan javoblar sonining
funksiyasi ekanligi ta’kidlanadi. Axborot harakatlanishi undagi mavhumlikni
(noaniqlikni) bartaraf etishdan iborat.
4. Informatika nazariyasida saqlash, qayta ishlash va uzatish obyekti
sanalgan barcha maMumotlar axborot deb yuritiladi. Bunday hollarda
axborot, boshqaruv maqsadida uni qayta tashkil etish nuqtayi nazaridan
ko'rib chiqiladi.
5. Iqtisodiy-ho'jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof
muhit to'g'risidagi har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar
atrof-muhit bilan o'zaro aloqadan, unga moslashishdan va uning o'zgarishi
jarayonidan olingan boMishi mumkin.
6. Iste’molchi nuqtai nazaridan, axborot — bu foydalanuvchi to
m onidan olingan tushunchalar va foydali
deb baholangan yangi
ma’lumotdir.
Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborotga quyidagicha
ta ’rif keltirish mumkin.
Axborot — bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga
aylangan, bilimlar noaniqligi, to'liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda
og'zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar,
texnik vositalar,
4 — R.X. Alimov va boshq.
4 9
hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo'lgan atrof-
muhit (obyektlar, voqea-hodisalar) to'g'risidagi ma'lumotlardir.
Mazkur yo'nalishda quyidagilar muhim sanaladi:
• axborot — bu har qanday m a’lumot emas, balki u mavjud
noaniqliklarni kamaytiruvehi yangi bir ma’lumotdir;
• axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud boMadi, u o'z
yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir;
• axborot xabarga aylanadi, qachonki u belgilar ko'rinishida ma’lum
bir tilda ifodalansa;
• xabar moddiy tashuvchiga yozib qo‘yilishi mumkin (xabar axborotni
uzatish shaklidir);
• xabar uning muallifi ishtirokisiz
aks ettirilishi mumkin;
• u jam oat kommunikatsiyasi kanallari orqali uzatiladi;
Axborot iqtisodiy obyekt uchun quyidagi imkoniyatlami yaratadi:
• iqtisodiy obyektning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda
vazifalarini belgilash;
• iqtisodiy obyektning,
boMinmalarning joriy holatini, ulardagi
jarayonlami nazorat qilish;
• asosli va o‘z vaqtidagi qarorlami qabul qilish;
• maqsadga erishishda boMinmalar ishini muvofiqlashtirish va hokazo.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
• texnik axborot;
• agrobiologik axborot;
• siyosiy axborot;
• huquqiy axborot;
• iqtisodiy axborot va boshqalar.
Axborotning turlari o'zaro bogMiq boMib, bir-birini toMdirib boradi.
Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular hajmining
80 % ini tashkil qiladi.
Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
• uzluksiz hosil boMish;
• harf va raqamlarda iodalanish.;
• diskret xarakterdaligi;
• yig'ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mum-
kinligi.
Axborotni xabarga aylantirish usullaridan biri — uni moddiy tashuvchi
vositasiga yozishdir. Bunday yozish jarayoni kodlashtirish, deb yuritiladi.
Agar kompyuter texnikasidan foydalanish uchun mo'ljallangan
moddiy tashuvchilardan foydalanilsa, u holda ma’lumotlar bilan ishlashga
50
to'g'ri keladi.
Bu holda axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va kiritishni
avtomatlashtirish maqsadida ularni shartli belgilarga aylantirish axborotni
kodlashtirishni anglatadi.
Axborot iste’molchiga yetib borguncha bir qator o'zgarishlarga uchraydi.
Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko'ra xususiyati ikkinchi darajaga
tushib qoladi, natijada „axborot" tushunchasi nisbatan cheklangan
„ma’lumotlar1' tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham
ma’lumotlarni axborotning kompyuterdagi tasviri deb aytish mumkin.
Ma’lumotlar bir-biri bilan o'zaro bog'langan dalil va raqamlar, fikrlar
to 'p la m in i ifodalaydi. Axborot va m a’lum otlar o'rtasidagi farq
ta’kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.
Axborot tizimi doirasida har qanday iqtisodiy obyekt hujjat va hujjat
aylanishi jarayoniga duch keladi.
Hujjat — bu ma’lum bir qoida asosida rasmiylashtirilgan, belgilangan
tartibda tasdiqlangan qog'oz, ovoz yoki elektron shakldagi axborot xabaridir.