ularning himoyasiga qaratadi. Axborotni himoya qilishning apparat-dasturiy
usuli nisbatan keng tarqalgan. Xususan, axborotni uzatish va manzil bo'yicha
yetkazib berish, abonentlarning umumiy foydalanish tarmog'ida (telefon,
telegraf) m a’lumotlarni shifrlash va uni ochish jarayonida
axborotning
saqlanib qolishiga kafolat beradigan xususiyatlari bo'yicha tanlangan aloqa
tizimlaridan foydalanish shular jumlasiga kiradi. Albatta, bunda foyda
lanuvchilar umumiy texnik vositalar, shifrlash algoritmlari va hokazolar
borasida kelishib olishlari kerak.
Axborot almashinuvi va boshqaruvining tezkorligiga, xususan, ax
borotni zudlik bilan qayta ishlashga nisbatan boigan talabning kuchayishi
nafaqat lokal, shuningdek, bank, soliq, ta’minot, statistik boshqarishning
ko‘p darajali va taqsimlangan tizimlarini yaratishga olib keldi. Ularning
axborot ta’minotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki amalga oshiradi.
Mazkur ma’lumotlar bankida tegishli ko‘p darajali iqtisodiy obyektlarning
tashkiliy-funksional strukturasi axborot massivlarini mashinaviy yuritishni
hisobga olgan holda tuziladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarida ushbu
muammoni ma’lumotlami qayta ishlashning taqsimlangan tizimi hal etadi.
Bunda u m a’lumotlar bazalarining turli darajalari o'rtasida axborot al
mashinuvi uchun mo'ljallangan aloqa kanallaridan foydalanadi. Ma’
lumotlar bazasini boshqarishning dasturiy vositalari murakkablashuvi
hisobiga iqtisodiy hisob-kitob va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
chog'ida tezlik oshadi, axborotni muhofaza qilish va uning haqqoniyligi
ta’minlanadi. Tashkiliy boshqaruvning ko'p darajali taqsimlangan kom-
pyuter-axborot tizimlarida axborot bilan tezkor ishlash muammosini ham,
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul
qilish paytidagi iqtisodiy
ahvolni tahlil qilish muammosini ham bir xilda muvaffaqiyatli hal etish
mumkin.
Horijiy mutahassislar axborot texnologiyalari rivojlanishining beshta
asosiy tendentsiyalarini ajratib ko'rsatadi: