• Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi
  • Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AATex)
  • Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    2.4. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining 
    turkumlanishi
    Avtomatlashtirish 
    — bu inson ish faoliyatini mashina va mexa­
    nizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy 
    mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lib, 
    ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga 
    oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini 
    beradi.
    Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi? 
    Quyidagi hollarda 
    boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani 
    avtomatlashtirish zarur bo'ladi:
    • insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni 
    boshqarish uchun yetarli bo'lmasa;
    • boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda 
    bo'lsa;
    • boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o'ta yuqori malakani 
    talab etsa;
    • boshqarish kerak bo'lgan jarayon o'ta tang yoki halokat holatda 
    bo'lsa.
    Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AATex) 
    — boshqaruv 
    vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini 
    amalga oshirish usul va vositalari majmuyidir. U hisoblash texnikasi va 
    aloqa vositalaridan foydalanish asosida rivojlangan dasturiy ta’minotni 
    qo'llash bazasida bajariladi.
    Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik 
    vositalardan, ko'proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy 
    texnika vositalari, dasturiy ta ’minot, tashkiliy-uslubiy materiallar va 
    texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo'ladi. Ushbu harakat 
    zanjiri axborotni yig'ish, uzatish, to'plash, saqlash, qayta ishlash, 
    foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi.
    Demak, har qanday axborot texnologiyasining maqsadi —belgilan­
    gan tashuvchi vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotni 
    olishdir. Ayni paytda axborotni qayta ishlash jarayonining tezkorligi va 
    ishonchliligi, axborot resursidan foydalanish jarayonining ko'p mehnat 
    talab qilishiga, ma’lumotlami qayta ishlash qiymatiga nisbatan cheklashlar 
    bor.
    Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi ni bir qator belgilarga, 
    xususan, axborot tizimini avtomatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati
    avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining boshqaruv vazifalarini
    41


    qamrash darajasi, texnologik operatsiyalar sinfi, foydalanuvchining in­
    terfeys turi, EHM tarmog‘idan foydalanish variantlari va xokazo xu- 
    susiyatlariga ko‘ra tasniflash mumkin (2.3-rasm).

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish