• Tabiiy resurslar
  • Energetik resurslar
  • Bundan tashqari axborot
  • Axborot texnologiyasi va tizimlari




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    Moddiy resurslar
     
    — jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida 
    foydalanish uchun mo'ljallangan mehnat va xomashyolar majmuyidir. 
    Masalan, xomashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, yarimtayyor mah­
    sulotlar, detallar va hokazo.
    Tabiiy resurslar —
    insonlaming moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
    qondirish uchun jam iyat tom onidan foydalaniladigan obyektlar, 
    jarayonlar, tabiat sharoitlari, jarayonlari obyektlaridir.
    Mehnat resurslari
     
    — jamiyatda faoliyat yuritish uchun umumta’lim 
    va kasbiy bilimga ega kishilar;
    Moliyaviy resurslar —
    davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul 
    manbalaridir.
    Energetik resurslar —
    energiya omillari, masalan, ko'mir, neft, 
    neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo.
    Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko'lam dagi iqtisodiy 
    obyektning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslaming o'zi 
    yetarli emas. Chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat 
    resurslari bo'lishining o'zi kifoya qilmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, 
    bu sohadagi texnologiyalar haqida ko'plab axborotga ega bo'lish ham talab 
    etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida 
    iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda.
    Agar, axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va o'rinli foydalanilsa, u 
    mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida ishtirok etishi 
    mumkin.
    Bundan tashqari axborot —
    qolgan barcha resurslardan samarali 
    foydalanish va ularni isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs 
    sanaladi.
    Axborot resurlari
     
    — axborot tizimidagi (kutubxonalar, arxiv, jam- 
    g'armalar, ma’lumotlar banklari va hokazo) alohida hujjatlar va hujjatlaming 
    butun bir majmuyidir.
    Axborot resurslarini axborot tizimidagi barcha axborot hajmi, deb 
    tushunish mumkin. Masalan, mamlakat uchun bu mamlakatning axborot 
    resursi sanaladi, iqtisodiy obyekt doirasida esa — iqtisodiy obyektning 
    axborot resursi, deb yuritiladi. Boshqacha aytganda, axborot resurslari —
    52


    moddiy tashuvchi vositalarda qayd etilgan va jamiyat foydalanishi uchun 
    mo'ljallangan barcha bilimlar demakdir.
    Axborot, axborot resurslari har doim mavjud bo'lgan, ammo ularga 
    o'z xususiyatiga ko'ra, iqtisodiy kategoriya sifatida qaralmagan. Garchi 
    kishilar boshqaruv sohasida axborotdan doimo foydalanib kelgan bo'lsalar 
    ham.
    Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi 
    natijasida axborot hajmi shunchalik ko'payib ketdiki, uni boshqaruv sohasida 
    qayta ishlamaslikning iloji bo'lmay qoldi.
    Boshqaruv irarxiyasining paydo bo'lishi, tovar-pul munosabatlarining 
    yuzaga kelishi, hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun 
    katta hajmdagi axborotni qayta ishlashda ushbu qiyinchiliklami yengish 
    imkonini berdi.
    Hozirda rivojlanish shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va 
    murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborot miqdori 
    mamlakat milliy iqtisodi, tarmoq, iqtisodiy obyektlar rivojlanishini 
    belgilaydi. Axborot strategik resursga aylanib, axborot resurslari esa uning 
    muhim turlaridan biri sanaladi.
    Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik 
    darajasining yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. 
    Axborot mavjudligi mamlakatning rivojlanishi, tarmoqlar, iqtisodiy 
    obyektlar yuksalishini belgilab beradi. Axborot strategik resurs, axborot 
    resurslari esa ulardan eng muhimi bo'lib qoldi. Bu resursning umumiy 
    foydalaniladigan hajmi yaqin kelajakda davlatlaming strategik, shu jumladan 
    mudofaa qobiliyatini belgilab beradi.
    Har qanday iqtisodiy obyekt ayrim bir tashqi muhitda faoliyat 
    ko'rsatadi. Ushbu iqtisodiy obyekt ichki muhitni ham yuzaga keltiradi. 
    Ichki muhit iqtisodiy obyektning tuzilmaviy bo'linmalari va u yerda 
    ishlovchi xodimlar orqali ularning texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa 
    munosabatlarida shakllanadi.
    Yuzaga kelish manbayiga bog'liq holda iqtisodiy obyekt doirasidagi ax­
    borot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborot mavjud.
    Ichki muhit axboroti odatda aniq bo'lib, xo'jalikning moliyaviy 
    holatini to'liq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko'pincha standart formallashgan 
    protseduralar yordamida amalga oshiriladi.
    Tashqi muhit — iqtisodiy obyektdan tashqarida bo'lgan iqtisodiy va 
    siyosiy subyektlardir. Bu obyektning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, 
    davlat organlari va hokazo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va 
    boshqa munosabatlarini o'z ichiga oladi. Tashqi muhit haqidagi axborot 
    ko'pincha taxminiy, noaniq, noto'liq, ziddiyatli, ehtimolli bo'ladi.
    53


    Bu holatda u nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi.
    Iqtisodiy obyekt turli manbalardan quyidagi tashqi axborotni olishi 
    mumkin:
    1. Iqtisodiyotning ahvoli haqida umumiy axborot. Manbalar: axborot — 
    tahliliy materiallar, ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, Internet resurslari.
    2. Ixtisoslashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor bo'yicha.
    3. Tovarlar narxlari bo'yicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jurnal 
    va byulletenlar, kataloglar, Internet ma’lumotlar bazasi.
    4. O'ziga xos axborot. Turli manbalar, jumladan, Internet. Uni axtarishda 
    izlab topish tizimlaridan foydalaniladi.
    5. Davlat boshqarish organlaridan axborot (qonunlar, qarorlar, soliq 
    organlari xabarlari va hokazo).
    Har qanday resurslar kabi, axborot resurslarini ham boshqarish 
    mumkin, lekin ulami miqdoriy va sifat jihatidan baholash metodologiyasi, 
    ularga bo'lgan ehtiyojni oldindan belgilash hali ishlab chiqilmagan, shunga 
    qaramay iqtisodiy obyekt darajasida axborot ehtiyojlarini o'rganish, axborot 
    resurslarini rejalashtirish va boshqarish mumkin va zarur. Axborot resurslarini 
    boshqarish deganda:
    • har bir darajada va boshqarish funksiyasi doirasida axborotga bo'lgan 
    ehtiyojlarni baholash;
    • iqtisodiy obyektning hujjat aylanishini o'rganish, uni optimallash, 
    hujjatlar turi va shakllarini standartlash, axborot va ma’lumotlami to'plash;
    • ma’lumotlar turlari nomunosibligini yengib o'tish;
    • m a’lumotlami boshqarish tizimini yaratish tushuniladi.
    Jahon bozorida 

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish