• Nutq paydo bolishi
  • Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi. 
    Aytish mumkinki
    axborot texnologiyasi bir necha million yillar awal odamzod o'rtasida ilk 
    bor o'zaro 
    muloqotga kirishish usullari 
    (turli tovushlar chiqarish, imo 
    ishora, hatti-harakatlar qilish) paydo bo'lishi bilan birga yuzaga kelgan 
    deb aytish mumkin. Bunda axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar 
    o'rtasidagina amalga oshirilgan. 
    Nutq paydo bo'lishi 
    bilan birga(taxminan 
    100 ming yil oldin) odamlar miyasida axborot to'planishi imkoniyati 
    yuzaga keldi.
    Keyingi bosqichda, ya’ni yozuvning paydo bo'lishi (5—6 ming yil 
    awal) insoniyatning umumiy, jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab 
    bo'ldi.
    Aynan yozuvning paydo bo'lishi axborotni to'plash, uzatish, qayta 
    ishlash, saqlash va yetkazish kabi to'liq jarayonni amalga oshirishga 
    imkoniyat yaratib berdi. Bu imkoniyat tufayli axborot moddiy tash- 
    uvchilarda qayd etila boshlandi.
    Axborot tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan 
    kommunikatsiya vositalari 
    bilan bog'liq.
    34


    Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Axborot texnologiyasining 
    rivojlanishi axborotni taqdim etish tizimidan tashqari, axborot kom­
    munikatsiya vositalarini takomillashtirish bilan bogMiq edi. Ular axborotning 
    nomoddiy tashuvchisi, ya’ni nutq paydo boMgandan so‘ng yuzaga kelgan. 
    Buni axborot texnologiyasining rivojlanishi tarixidagi ilk „portlash" deb 
    baholash mumkin edi. Taraqqiyotning keyingi fazasi — qog‘oz kashf 
    qilingunga qadar axborotning moddiy tashuvchi vositalari o‘zgarib bordi. 
    Ya’ni, so'zlami toshga o‘yib yozish orqali birinchi marta axborotni ko‘z 
    bilan ko'rib qabul qilish imkoniyati yuzaga keldi. Eramizdan awalgi 
    to'rtinchi ming yillikda awaliga loydan, so'ng yog'ochdan yasalgan tab- 
    lichkalarga yozishga o'tildi va bu axborot-kommunikatsiyalarga dinamik 
    mazmun kasb etdi. Papirusning kashf etilishi axborot tashish vositasining 
    hajmini oshirdi va unga bo'yoq qo'llash imkoniyati mavjudligi bois ahamiyati 
    ham oshib bordi. Pergamentning paydo bo'lishi (eramizdan awalgi III 
    asr) bilan esa yangi axborot „portlashi" ro'y berdi: axborotning eng 
    maqbul tashuvchisi — kitob yuzaga keldi (IV asr).
    Axborot texnologiyasining qog'oz fazasi V asrdan boshlanadi. Bu 
    paytda qog'oz (II asrda Xitoyda kashf etilgan) Yevropa mamlakatlarining 
    sanoat ishlab chiqarish obyektiga aylangan edi. Shundan keyingi davr 
    axborot texnologiyasi rivojlanishida katta rol o'ynadi. Shundan so'ng savdo 
    va hunarmandchilik rivojlangach shahar pochtasi, XV asrdan boshlab esa 
    xususiy pochta (G'arbiy Yevropa), XVI-XVII asrlarda markaziy qirollik 
    pochtasi (Fransiya, Shvetsiya, Angliya va boshqalar) yuzaga keldi. Ushbu 
    barqaror kommunikatsiya tufayli axborot faoliyatiga yanada ko'proq odamlar 
    jalb etilmoqda va u yirikroq mintaqalami qamrab olmoqda.
    Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr o'rtasida) 
    axborot texnologiyasi rivojlanishi jarayonida kashfiyot bo'ldi. Bu hoi unga 
    ommaviylik olib keldi. Mohiyatan bu tabiatshunoslikda ilmiy-texnik 
    taraqqiyotning yangi bosqichi bo'lib qoldi. Ilmiy-texnik atamaning paydo 
    bo'lishi axborot texnologiyasida sifat o'zgarishini, ko'p nusxada kitob
    jurnal, gazeta, geografik harita, texnik chizmalaming chop etilishi esa 
    miqdor o'zgarishini keltirib chiqardi.
    XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bog'liq axborot texnologiyasi 
    rivojlanishidagi yangi bosqich barqaror xalqaro kommunikatsiya shakli 
    sifatida 

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish