Kibernetika — texnik, biologik. ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda
boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir.
Informatika yangi axborotni ancha keng,
kibernetika kabi turli
obyektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o'zgartirish va barpo
etish jarayonlarini o'rganadi. Shu bois informatika haqida kibernetikadan
ancha keng fan sohasi degan tasawur hosil bo'lishi mumkin. Biroq,
boshqa jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog'liq bo'lmagan
m uammolar yechimi bilan ifodalanmaydi. Bu, shubhasiz, uning
umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
Kibernetika nuqtayi nazaridan axborot obyektni boshqa bir obyektda
aks ettirish jarayonini o ‘ziga mujassamlashtiradiki,
bu narsa boshqaruvni
amalga oshiradi, iqtisodiyotni rejalashtirishning iqtisodiy matematik
usullaridan foydalanish, uni intensiv taraqiyot yo'liga solish
imkoniyatini
beradi.
Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi,
unga asoslanadi va usiz mavjud bo'la olmaydi. Kibernetika kompyuter
texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin obyektlarni
boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o'z-o'zicha rivojlanaveradi.
Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o'xshash bo'lsa
ham, lekin:
• informatika — axborot va
uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy
vositalar xususiyatlariga asoslanadi;
• kibernetika esa — obyektlar modellarining konsepsiyalarini ishlab
chiqish va qurishda xususan axborotdan
keng foydalanishi jihatidan
farqlanadi.
Informatika keng m a’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida
asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida
axborotni qayta ishlashi bilan bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning
xilma-xil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi.
Informatikani tor m a’noda o'zaro aloqador uch qism — texnik
vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar
(brainware) sifatida tasawur etish mumkin. O'z navbatida informatikani
ham umuman, ham qismlari bo'yicha turli jihatlardan: xalq xo'jaligi
tarmog'i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko'rib
chiqish
mumkin (2.1-rasm).
Informatika