resurslar Moddiy ishlab sulot
motlar
Axborot
mahsuloti^
chiqarish
texnologiyasi
M oddiy_____________ Mah-
Ma’l u - _____________ Axborot
2.2-rasm. Axborot texnologiyasi moddiy resurslarni qayta ishlash
texnologiyasining analogi sifatida.
Axborot, shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash
jarayonini xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya
sifatida qabul qilish mumkin.
Axborot texnologiyasi — obyektning (axborot mahsulotining) holati,
jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to'g'risida axborot olish uchun
m a’lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari
majmuyidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi — inson yoki
tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi esa axborot ishlab chiqarish bo'lib,
uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga q o i urish uchun
tegishli qaror qabul qilish hisoblanadi.
Maiumki, bitta va faqat o'sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum
yoki mahsulot olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyasiga
nisbatan ham shunday bahoni bersa boiadi.
Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash
2.1-jadvalda berilgan.