• Zamonaviy axborot texnologiyasi
  • - jadval Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    2.1- jadval
    Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy 
    komponentlarini qiyoslash jadvali
    Texnologik komponentlar
    Moddiy mahsulot
    Axborot mahsuloti
    Xomashyo va materiallar 
    tayyorlash
    M aium otlar yoki boshlang'ich 
    axborotni yig'ish
    Moddiy mahsulot ishlab 
    chiqarish
    Ma’lumotlarni qayta ishlash va 
    yakuniy axborotga ega bo iish
    Iste’molchilarga ishlab 
    chiqarilgan mahsulotni sotish
    Uning asosida qaror qabul qilish 
    uchun yakuniy axborotni uzatish
    38


    Zamonaviy axborot texnologiyasi 
    — shaxsiy kompyuterlardan keng 
    foydalanishga, foydalanuvchilaming (dasturlash bo'yicha mutaxassis bo'l- 
    maganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, ,,do‘stona“ foydalanuvchi 
    interfeysining yuqori darajada bo'lishiga, umumiy va muammo maz- 
    munidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash 
    tarmoqlari tufayli m a’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish 
    imkoniyatiga asoslangan texnologiyadir.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishning uch asosiy ta­
    moyillari quyidagilar:
    1) kompyuterli interaktiv muloqotli ish rejimi;
    2) boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashish, o'zaro aloqa;
    3) o'zgarish jarayonlarining ma’lumotlar va vazifaning quyilishi 
    jihatidan moslashuvchanligi.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarini quyidagicha tasniflash mumkin: 
    ta’minlovchi axborot texnologiyalari va funksional axborot texnologiyalari.
    Ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalari turli vazifalami hal 
    etish uchun xilma-xil predmetli sohalarda asboblar majmuyi sifatida 
    foydalanishi mumkin bo'lgan axborotni qayta ishlash texnologiyasidir. 
    Ta’minlovchi axborot texnologiyalari vazifalarga yo'naltirilgan sinflarga 
    nisbatan tasnif qilinishi mumkin.
    Ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalari (TZAT) quyidagi 
    komponentlardan tashkil topadi:
    TZAT = OB + TS + PI,
    bu yerda:
    OB — dasturlar qobig'i;
    TS — hisoblash texnikasi (kompyuter);
    PI — dasturlar qobig'ini to'ldirish va foydalanish bo'yicha qoidalar 
    hamda cheklanishlar.
    Ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalariga quyidagi dasturlar 
    qobig'i kiradi: jadvalli protsessorlari; matn protsessorlari; gipermatn 
    tizimlari; ekspert tizimlari; avtomatlashtirilgan ofis, qaror qabul qilishni 
    qo'llab-quwatlash tizimlari; statistik tizimlar; optimizatsion tizimlar.
    Funktsional zamonaviy axborot texnologiyalari (FZAT) ta’minlovchi 
    zamonaviy axborot texnologiyalarining shunday modifikatsiyasini o'zida 
    namoyon etadiki, unda predmetli texnologiyalardan birortasi amalga 
    oshiriladi.
    Ya’ni:
    FZAT = OB + TS + P2 + PI + maiumotlar.
    39


    Bu yerda P2 — axborot texnologiyalarini realizatsiya qilishning 
    qoidalari.
    Funktsional zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi (bazasi) 
    predmetli texnologiya hisoblanadi.
    Chet el olimlari zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishining 
    quyidagi tendensiyalarini keltiradi.
    1. Axborot mahsulotlari ta’rifining o‘zgartirishi bilan bog‘liq, u ko'proq 
    darajada hisoblash tahliliy ishining natijasi va kompyuterdan yakka tartibda 
    foydalanuvchiga berilgan o'ziga xos xizmat o'rtasidagi munosabatga 
    aylanmoqda.
    2. Zamonaviy axborot texnologiyalari mantiqiy elementlarining parallel 
    ravishda o'zaro hamkorlik qilishga qobiliyati, axborotning barcha turlari 
    (matn, obzorlar, raqam, tovushlar) inson tomonidan sezgi organlari 
    orqali bir vaqtda his qilishga yo'naltirishining biiga qo'shilishi ta’kidlanadi.
    3. Axborot manbasidan to uning iste’molchisigacha bo'lgan yo'ldagi 
    barcha oraliq bo'g'inlarining bartaraf qilinishi bashorat qilinadi. Masalan, 
    muallim va o'quvchilar, sotuvchi va haridorlar, qo'shiqchi va tinglovchilar, 
    olimlarning o'zaro, mutaxassislaming korxonadagi bevosita muloqoti 
    videoanjumanlar tizimi, elektron do'kon, elektron pochta orqali amalga 
    oshadi.
    4. Yetakchi sifatida yo'ldoshli aloqa va umumjahon Internet global 
    tarmog'idan foydalanish natijasida axborot texnologiyalarini globallashtirish 
    tendentsiyasi davom etmoqda, u tufayli odamlar sayyoramizning istalgan 
    nuqtasidan turib bir-birlari va malumotlaming umumiy bazasi bilan muloqot 
    qilishlari mumkin.
    5. Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi jarayonining 
    zamonaviy, oxirgi belgisi sifatida ko'rib chiqilmoqda, u moddiy ishlab 
    chiqarish sohalari va axborot-kommunikatsiyalar biznesi o'rtasidagi 
    farqlaming yo'qotilishi, firmalar va korporatsiyalar turlarini kattaroq 
    diversifikatsiyalash, sanoatning turli xildagi tarmoqlari, moliyaviy sektor 
    va xizmatlar sohasining o'zaro bir-biriga kirib borishidan iborat bo'ladi.
    Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, 
    texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o'z 
    vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar 
    tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo'llagan holda tezkor 
    majlislarni o'tkazish uchun mo'ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini 
    yaratish imkonini beradi.
    Axborot texnologiyasi avtomatlashgan va an’anaviy (qog'oz) ko'rinishda 
    amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish 
    turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog'liq.
    40



    Download 4,18 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - jadval Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish