Iqtisodiy axborot
deb, xalq xo'jaligi tarmoqlarining iqtisodiy va
moliyaviy faoliyatlarini ifodalovchi ma’lumotlar to'plamiga aytiladi.
Iqtisodiy axborotni o'lchashda turli xil birliklardan foydalanish
mumkin.
Masalan, axborotni yig'ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt,
Kilobayt, Megabayt va boshqa o'lchov birliklaridan foydalaniladi.
1 bayt = 8 bit,
1 Kbayt = 1024 bayt.
Qayd qilish jarayoniga ko'ra axborotning o'lchov birligi sifatida belgi,
so'z, jumla, abzats va boshqa birliklardan foydalanish mumkin.
Axborotni uzatish va qabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi.
1 Bodo 1 simvolga teng.
Iqtisodiy axborot tuzilish nuqtayi nazaridan ikkiga bo'linadi:
1. Fizik tuzilish.
2. Mantiqiy tuzilish.
Fizik tuzilish iqtisodiy axborotni turli xil tashuvchilarda joylashishini
ifodalaydi.
60
Mantiqiy tuzilish esa axborot bo'laklari o'rtasidagi o'zaro munosa-
batlarni ifodalaydi.
Fizik tuzilishni o'rganish uchun informatika sohasiga tegishli bo'lgan
maxsus fanlarni o'rganish talab qilinadi. Shuning uchun ham biz mantiqiy
tuzilishni o'rganish bilan chegaralanamiz.
Mantiqiy tuzilishga ko'ra axborot quyidagi bo'laklardan tashkil topadi:
• axborot tizimi;
• axborot oqimi;
• axborot massivi;
• ko'rsatkich;
• rekvizit.
Iqtisodiy axborotning eng kichik bo'lagi rekvizit hisoblanib, u ikki
qismga bo'linadi:
1. Rekvizit belgi.
2. Rekvizit asos.
Rekvizit belgi axborotning sifat tomonini xarakterlaydi, asosan so'zlar
yordamida ifodalanadi va mantiqiy amallarni bajaradi. Masalan: tovaming
nomi, operatsiya turi.
Rekvizit asos axborotning miqdor tomonlarini xarakterlaydi, asosan
raqamlar yordamida ifodalanadi va arifmetik amallarni bajaradi. Masalan:
10, 250, 1000.
Rekvizitlar birgalikda axborotning yuqori bo'lagi — ko'rsatkichni
tashkil qiladi. Masalaga tegishli bo'lgan bir xil ko'rsatkichlar axborot
massivlarini tashkil qiladi.
Axborot massivlari axborot oqimini, oqimlar esa axborot tizimini
tashkil qiladi.
Hozirgi kunga qadar iqtisodiy axborot turkumlanishining yagona tizimi
yaratilgan emas. Umumiy holda iqtisodiy axborot quyidagi belgilarga ko'ra
guruhlarga ajratiladi.
Boshqarish funksiyalariga ko'ra:
a) rejalashtirish;
b) hisobot olish;
d) nazorat qilish;
e) iqtisodiy tahlil kabi axborot guruhlariga bo'linadi.
Faoliyat ko'rsatish soxasiga ko'ra:
a) qishloq xo'jaligi;
b) sanoat;
d) savdo;
e) transport;
f) aloqa va boshqa axborot guruhlariga bo'linadi.
61
Turg'unlik darajasiga ko'ra:
a) doimiy;
b) shartli doimiy;
d) o'zgaruvchan axborotga bo'linadi.
Obyektga taalluqliligiga ko'ra:
a) ichki va tashqi axborot;
b) kiruvchi, chiquvchi axborotga boMinadi.
ToMiqlik darajasiga ko‘ra:
a) yetarli;
b) toMiq boMmagan;
d) ortiqcha axborotga boMinadi.
Ifodalanish usuliga ko‘ra:
a) harf-raqamli;
b) jadvalli;
d) chizmali;
e) signalli axborotga boMinadi.
Iqtisodiy axborotni qayta ishlash natijasida tegishli boshqarish qarorlari
ishlab chiqiladi. Axborotni qayta ishlash jarayonlari bir qancha amallarni
o‘z ichiga oladi va ular quyidagi bosqichlarga biriktiriladi.
1. Asosiy bosqich.
2. Yordamchi bosqich.
3. Nazorat bosqich.
Asosiy bosqich bevosita axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi
amallarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich yuqori darajada avtomatlashtirilgan
boMib, quyidagi amallardan tashkil topadi.
1. Axborotni uzatish.
2. Axborotni qabul qilish.
3. EHM ga kiritish.
4. EHM da bevosita ishlash.
5. Natija olish.
6. Foydalanuvchiga yetkazish.
Yordamchi bosqich amallari axborotni qayta ishlash jarayonining
sifatiga ta’sir ko'rsatadi. Bu bosqich quyidagi amallarni o'z ichiga oladi:
1. Axborotni oMchash. Qayd qilish.
2. Mashina tashuvchilaiga o'tkazish.
3. Birlamchi hujjatlarni qabul qilish.
4. Axborotni saqlash.
Nazorat bosqichi quyidagi amallarni o'z ichiga oladi:
1. Qabul qilingan axborotni tekshirish.
2. Amallaming bajarilishini nazorat qilish.
3. Xatolarini to'g'rilash.
|