Axborot tizimlarini yaratish borasida amaliyotdagi saqlangan axborot
miqdori hisobga olinadi, shu bois axborot hajmini hujjatlar soni, shakli,
satrlar soni,
belgilari, ramzlari, yozuvlar,
signallar, xabarlar miqdori
bilan belgilanadi.
Axborot narxiga ta ’sir etuvchi omillar axborotni qayta ishlash narxi
va uning iste’mol sifati hisoblanadi.
Axborot sifatini oshirish, odatda,
texnik va dasturiy vositalarga qilinadigan harajatlaming miqdorini muayyan
darajada oshirishni talab etadi. Axborot uzatish tezligining oshishi, qayta
ishlashda ushlanib
qolish davrining kamayishi, axborot aniqligining
oshishi, tizim ishi ishonchliligining ortishi,
axborotdan foydalanishning
qulaylashishi, axborotni qayta ishlash va umumlashtirish darajasining
oshishi uning qadr-qimmatini oshiradi va tegishlicha narxi ham oshadi.
3.3. Iqtisodiy axborot, uning xossalari va turkumlanishi
Axborot, axborot resurslari har doim mavjud bo'lgan, ammo ularga
o'z hususiyatiga ko'ra iqtisodiy kategoriya sifatida qaralmagan. Garchi kishilar
boshqaruv sohasida axborotdan doimo foydalanib kelgan bo'lsalar ham.
Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalaming murakkablashishi
natijasida, axborot hajmi shunchalik ko'payib ketdiki,
uni boshqaruv
sohasida avtomatlashtirilgan holda qayta ishlashni tashkil etmasdan turib
to'g'ri qaror qabul qilish murakkablashadi. Hozirgi kunda mavjud
axborotning asosiy qismini iqtisodiy axborot tashkil etadi.