39
Hujjatlarni uch guruhga bo„lish mumkin:
1.
Texnik ta‟minotning davlat va tarmoq standartlari.
2.
Texnik ta‟minotni yaratish bo„yicha usullar majmui.
3.
Texnik ta‟minot bo„yicha moliyaviy hisobotlarda qo„llaniladigan
hujjatlar.
Hozirgi kunda texnik ta‟minotni yaratish bo„yicha ikkita asosiy tur
mavjud: markazlashgan va markazlashmagan texnik ta‟minot.
Markazlashgan texnik ta‟minot axborot tizimlarini katta EHM larda
va hisoblash markazlarida qo„llashga asoslangan.
Markazlashmagan texnik ta‟minot shaxsiy kompyuterlar asosidagi
ishchi o„rinlarida tadbiq etishga asoslangan.
Matematik va dasturiy ta’minot
Matematik va dasturiy ta‟minot – axborot tizimi maqsad va
vazifalarini amalga oshirish bo„yicha matematik usullar, modellar,
algoritmlar va dasturlar mosligi bo„lib, texnik vositalar kompleksining
normal ishlashini ta‟minlaydi.
Matematik
ta‟minot
vositalariga
boshqaruv
jarayonlarini
modellashtirish vositalari, boshqaruvning o„ziga xos masalalari,
matematik dasturlash usullari, matematik statistika, ommaviy xizmat
ko„rsatish nazariyasi va boshqalar kiradi.
Dasturiy ta‟minot tarkibiga umumtizim va maxsus dasturiy
mahsulotlar hamda texnik hujjatlar kiradi.
Umumtizim dasturiy ta‟minotiga foydalanuvchilarga qaratilgan va
axborotga ishlov berishning o„ziga xos masalalarni yechish uchun
mo„ljallangan dasturlar to„plami kiradi. Ular kompyuterning funksional
imkoniyatlarini kengaytirish, ma‟lumotlarga ishlov berish jarayonini
boshqarish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Maxsus dasturiy ta‟minot aniq bir axborot tizimini yaratishda ishlab
chiqilgan dasturlarning o„zaro mosligini ifodalaydi. Uning tarkibiga real
obyekt bajarilishini ifoda etuvchi amaliy dasturlar paketlari kiradi.
Dasturiy vositalarning texnik hujjatlari masalalar, nazorat
namunalari, masalaning iqtisodiy-matematik modeli, algoritmlash
masalalarining bayonlarini o„z ichiga olishi lozim.