44
Aniqlik sharoitida qaror qabul qilish.
Bu masalada boshqaruv tizimi
va obyekt modeli berilgan deb qaraladi, tashqi soha ta‟siri esa hisobga
olinmaydi. Shu sababli, manbalardan foydalanishning tanlangan
strategiyasi va yakuniy natija o„rtasida bir qiymatli aloqa mavjud
bo„ladi. Aniqlik sharoitida qarorlar foydaliligini baholash uchun ko„p
samara beruvchi qarorni qabul qilish kifoya. Agar bunday qarorlar ko„p
bo„lsa, ular teng kuchli hisoblanadi. Aniqlik sharoitida qaror qidirish
uchun matematik programmalash usullaridan foydalaniladi.
Xavflilik sharoitida qaror qabul qilish.
Bu sharoitda qaror qabul
qilish uchun, aniq tahlil qilish mumkin bo„lmagan va uning holatlari
taqsimoti ehtimolligi ma‟lum bo„lgan, tashqi muhit ta‟siri ham hisobga
olinishi zarur. Bunday sharoitlarda zarur bo„lgan strategiyadan
foydalanish, namoyon bo„lish ehtimoli berilgan deb qaraluvchi yoki
aniqlanishi mumkin bo„lgan, turli natijalarga olib kelishi mumkin.
Strategiyani tanlash va baholash hal qiluvchi, yakuniy natijaga erishish
ehtimolligini hisobga oluvchi qoida yordamida keltiriladi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish.
Yuqoridagi masala kabi,
yakuniy natija va strategiyani tanlash o„rtasida bir xil aloqa mavjud
emas. Bundan tashqari, yakuniy natijalarning chiqish ehtimolligi ham
noaniq. Har bir «strategiya–yakuniy natija» juftligiga yutuq sifatida
tashqi baholash mos qo„yiladi. Chegaralanishning eng keng tarqalgani
maksimal kafolatlangan yutuqni olish hisoblanadi.
Ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish.
Yuqorida sanab
o„tilgan masalalarda ko„pqirralilik bir-biriga keltirib bo„lmaydigan bir
necha mustaqil maqsadlarning mavjudligida yuzaga keladi. Ko„p sonli
qarorlarning mavjudligi optimal strategiyani tanlash va baholashni
murakkablashtiradi.
Mumkin
bo„lgan
qaror
yo„llaridan
biri
modellashtirish usullarini qo„llashdir.
Qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tashkil etuvchilarning
mavjudligi majburiy hisoblanadi: tahlil; bashorat qilish; vaziyatli
modellashtirish.
Hozirgi kunda qaor qabul qilish tizimlari ikki turga ajratiladi.