• Tezkor analitik ishlov berish tizimlari
  • Berilganlar bazasi
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    Qaror qabul qilish tizimlari
    DSS
    (Dechision Support System) 
    turli 
    tavsiflari bo„yicha ma‟lumotlarni saralash va tahlil qilishni amalga 
    oshiradi va quyidagi vositalarni o„z ichiga oladi: 
    berilganlar bazasiga kirish; 
    turli ta‟minotchilardan axborotlarni olish; 
    ish faoliyati strategiyasi va qoidalarni modellashtirish; tahlil 
    natijalarini ifodalash uchun ish grafikasi; 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    45 
    «agarda» tahlili; 
    ekspert tizim darajasida sun‟iy intellekt. 
    Tezkor analitik ishlov berish tizimlari
    OLAP
    (OnLine Analysis 
    Prochessing) 
    qaror qabul qilish uchun quyidagi vositalardan 
    foydalanadi: 
    maxsus 
    OLAP
    turidagi kuchli ko„p protsessorli hisoblash 
    texnikasi; ko„p o„lchamli tahlil maxsus usullari; 
    Data Wapehoyse 
    maxsus ma‟lumotlar saqlagichlari. 
    Qaror qabul qilish tizimi tarkibiga uchta asosiy tashkil etuvchi 
    (komponent) kiradi: 
    berilganlar bazasi, modellar ombori, berilganlar 
    bazasini boshqarish tizimi 
    va bulardan tashqari, modellar omborini 
    boshqarish tizimi, foydalanuvchi va kompyuter o„rtasida interfeysni 
    boshqarish tizimlaridan tashkil topgan dasturiy tizimosti. 
    Berilganlar bazasi
     
    qaror qabul qilish tizimida muhim ahamiyatga 
    ega. Undagi berilganlar foydalanuvchi tomonidan matematik modellar 
    yordamidagi hisoblar uchun foydalanilishi mumkin. 
    Berilganlarning bir qismi axborot tizimidan keladi. Ulardan 
    samarali foydalanish uchun qo„shimcha ishlov berilishi lozim. Buning 
    uchun ikkita imkoniyat mavjud: 
    qaror qabul qilish tizimi tarkibiga kiruvchi berilganlar bazasini 
    boshqarish tizimini korxona faoliyati haqidagi ma‟lumotlarga 
    ishlov berish uchun qo„llash; 
    maxsus berilganlar bazasini yaratgan holda, qaror qabul qilish 
    tizimi tashqarisida ham ishlov berishni amalga oshirish. Bu usul 
    ko„plab tijorat amallarini bajaruvchi korxonalar uchun qulay. 
    Ishlov berilgan korxona faoliyati haqidagi ma‟lumotlar fayllarni 
    tashkil qiladi. Ishonchlilikni orttirish va tezkor kirishni ta‟minlash 
    uchun qaror qabul qilish tizimi tashqarisida saqlanadi. 
    Qaror qabul qilish tizimining ishlashi uchun firma faoliyati haqidagi 
    ma‟lumotlardan tashqari ichki ma‟lumotlar ham talab qilinadi, masalan, 
    o„z vaqtida jamlanishi, kiritilishi va qo„llanilishi lozim bo„lgan 
    injenerlik, xodimlarning harakati va boshqa ma‟lumotlar. 
    Yuqori darajalarda qaror qabul qilishda tashqi manbalardan olingan 
    ma‟lumotlar muhim ahamiyatga ega. Zaruriy tashqi ma‟lumotlar sifatida 
    quyidagilarni ko„rsatish mumkin: raqobatchilar, milliy va jahon 
    iqtisodiyotidagi ma‟lumotlar. Ichki ma‟lumotlardan farqli ravishda, 
    tashqi 
    ma‟lumotlar 
    ularni 
    yig„ishga 
    yo„naltirilgan 
    maxsus 
    tashkilotlardan olinadi. 
    Bunda berilganlarni boshqarish tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    46 
    bo„lishi lozim: 
    agregirlash va filtrlash jarayonlarini qo„llagan holda turli 
    manbalardan olinayotgan ma‟lumotlarning kombinatsiyasini 
    tuzish; 
    u yoki bu ma‟lumotlar manbaini tez qo„shish yoki o„chirish; 
    foydalanuvchi atamalarida ma‟lumotlarning mantiqiy tarkibini 
    qurish; 
    korxona doirasida bajarilayotgan boshqa berilganlar 
    bazalariga nisbatan mantiqan to„liq bog„liqsizligini 
    ta‟minlash. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish