49
MS Accessda bunday obyektlar bilan ishlash berilganlar bazasining
oynasida amalga oshiriladi. Berilganlar bazsini yaratish quyidagi
bosqichlardan iborat:
ma‟lumotlarni saqlash uchun jadval loyihalash va yaratish;
ma‟lumotlar kiritish;
axborotni ko„rish, tahrirlash va chiqarish uchun mo„ljallangan
ombor boshqa elementlarini ishlab chiqish.
Microsoft Access
da berilganlar maxsus obyektlar –
jadvallarda
saqlanadi. Masalan, bir jadval talabalar haqida ma‟lumotlarni, ikkinchisi
ular qatnashadigan o„quv kurslari haqida ma‟lumotlarni saqlashi
mumkin.
Bu alohida jadvallarni birlashtirish zarur. Barcha jadvallar va ular
o„rtasidagi o„zaro bog„lanish berilganlar bazasining asosini tashkil etadi.
Jadvalda har bir ustun
maydonni
, ya‟ni axborot toifasini, har bir
satr –
yozuv
, ya‟ni jadvalning bir elementini ifodalaydi. Har bir maydon
faqat bir turga tegishli ma‟lumotlarni oz' ichiga olishi mumkin - matn,
son, vaqt va h.k. Har bir yozuv faqat bir element haqida axborot saqlaydi
(masalan, talaba haqida ma‟lumot yoki o„quv kursi).
Microsoft
Access
turli
xildagi ma‟lumotlarga beriladigan
maydonlarga ega. Turli ko„rinishga ega bo„lgan matnlarni, sonlarni, kun,
vaqt va pul birliklarini kiritish mumkin. Bulardan tashqari
Windows
dasturiga qo„yish mumkin bo„lgan ixtiyoriy obyektni yozish
(animatsiya, ovoz, rasm, videoklip va h.k.) imkonini beruvchi maxsus
tur (
Obyekt OLE
) maydonga ham ega.
Microsoft Access
da berilganlar bazasining har bir jadvali qat'iy
tarkibga ega, undagi barcha axborot o„z joyiga joylashgan bo„lishi kerak.
Agar yozuvda qandaydir maydon bo„sh bo„lsa,
Access
bu joyda,
hech qanday axborot bo„lmasa ham, bo„shliq belgisini ( _ ) tasvirlaydi.
Aniq bir berilganlar bazaiga tegishli bo„lgan barcha obyektlarni
Access
katta bir faylda saqlaydi.
Access
dasturi bilan ishlaganda aynan
shu fayl bilan ishlanadi. Bir berilganlar bazasi bilan bog„langan
obyektlar: axborotlar saqlanuvchi jadvallar, ma‟lumotlarni ifodalash
uchun forma va hisobotlar, turli ma‟lumotlarni so„rash uchun so„rovlar,
ombor bilan ishlashni avtomatlashtirish uchun modul yoki makroslar
bo„lishi mumkin. Omborda barcha obyektlar o„z turiga qarab tartiblanadi
va berilganlar bazasi oynasining mos qo„yilmalarida tasvirlanadi.