48
va h.k. Foydalanilayotgan interfeys samaradorligining asosiy o„lchami
foydalanuvchi va tizim o„rtasida tanlangan muloqot shakli hisoblanadi.
Hozirgi kunda muloqotning quyidagi shakllari keng tarqalgan:
so„rov- javob rejimi, buyruq rejimi, menyu rejimi, ifodalardagi
kompyuter taklif etayotgan bo„shliqlarni to„ldirish rejimi. Har bir shakl
masala turiga, qabul qilinayotgan qaror va foydalanuvchining
xususiyatlariga qarab bir qator kamchilik va yutuqlarga ega.
Uzoq davr davomida xabarlar tili displey ekraniga chiqarilgan yoki
chop qilingan hisobot yoki xabar bo„lgan. Endi chiqish ma‟lumotlarining
yangi imkoniyati
mashina grafikasi
yuzaga keldi. Mashina grafikasi
ekranda va qog„ozda rangli grafik tasvirlarning uch o„lchamli tasvirini
yaratish imkonini beradi. Ko„rgazmalilikni orttiruvchi mashina
grafikasidan foydalanish qaror qabul qilish tizimlarida ommaviy bo„lib
bormoqda.
So„nggi
bir
necha
yillarda
yangi
yo„nalish,
multiplikatsiya
ning rivojlanishi kuzatilmoqda. Multiplikatsiya, ayniqsa,
fizik tizim va obyektlarni modellashtirish bilan bog„liq bo„lgan qaror
qabul qilish tizimlari chiqish ma‟lumotlarini interpretatsiya qilishda
samara bermoqda.
Yaqin yillarda inson ovozidan xabarlar tili sifatida foydalanish
kutilmoqda. Hozirda bu shakldan moliya sohasining qarorlarini qabul
qilishga mo„ljallangan tizimlarda qo„llanilmoqda.
Foydalanuvchi bilimlari
– bu foydalanuvchi tizim bilan ishlash
jarayonida bilishi lozim bo„lgan ma‟lumotlar. Unga nafaqat
foydalanuvchining
harakat
rejasi,
balki
kompyuter
tomonidan
berilayotgan darsliklar, ko„rsatmalar, boshqaruv ma‟lumotlari ham
kiradi.
Qaror qabul qilish tizimi interfeysining rivojlanishi bu uchta tashkil
etuvchining rivojlanishidagi yutuqlari bilan aniqlanadi va quyidagi
imkoniyatlarga ega bo„lishi lozim:
foydalanuvchi tanlovi bilan qaror qabul qilish jarayonida ularni
o„zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini boshqarish;
ma‟lumotlarni tizimga turli usullar bilan uzatish;
tizimning turli qurilmalaridan turli formatdagi ma‟lumotlarni
olish;
foydalanuvchi bilimlarini (so„rov asosida yordam ko„rsatish,
ko„rsatma berish) tekis qo„llab quvvatlash.