• Hisobotlar .
  • So‘rovlar .
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    Jadvallar

    Jadval tarkibi konstruktor rejimida aniqlanadi. Kiritish va 
    tahrirlash odatda jadval rejimida amalga oshiriladi. 
    Formalar

    Formalar axborotni ifodalash usulini tasvirlashda jadvalga 
    nisbatan katta imkoniyatlarga ega. Formalar birinchi navbatda 
    ma‟lumotlar bilan ekranda ishlash uchun mo„ljallangan. 
    Odatda bu rejimda ma‟lumotlar bir yozuvdan kiritiladi, matn 
    maydonlari, boshqaruv tugmalari, rasmlar va boshqa xizmatchi 
    obyektlar axborotni ko„rishni va unga ishlov berishni osonlashtiradi. 
    Formaning jadval rejimidan boshqa ustunlik tomoni – bir formada 
    bir necha jadvaldagi ma‟lumotlarni tasvirlashidir. Formaning yuqori 
    qismidagi ma‟lumotlar jadvalga tegishli, quyi qismidagi ma‟lumotlar 
    jadvaldan olinadi. 
    Hisobotlar

    Hisobotlar bazadagi ma‟lumotlarni chop qilish uchun 
    mo„ljallangan. Hisobotni rejalash axborotni qulay ko„rinishda chiqarish 
    bilan birga boshqa jadvaldagi ma‟lumotlarga asoslanib, yozuvni 
    tartiblash imkonini ham beradi. Hisobotni rejalash hisobot konstruktori 
    rejimida amalga oshiriladi. Uni yaratishda maxsus markerlar qo„yiladi 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    51 
    (
    boshqaruv elementlari 
    deb nomlanuvchi). Har bir boshqaruv elementi 
    axborotni chiqarish bilan birga uning jihozlanishini va hisobotda 
    joylashishini ko„rsatish uchun xizmat qiladi. 
    So‘rovlar

    So„rovlar berilganlar bazasining eng asosiy obyekti 
    hisoblanadi. Uning yordamida berilganlar bazasidan ma‟lum bir 
    axborotni tanlash va hisobotda foydalanish, ekranda forma yoki jadval 
    ko„rinishida ko„rish uchun tartiblash mumkin. So„rovlar 
    so‘rovlar 
    konstruktori 
    rejimida yaratiladi va berilganlar bazasi ma‟lumotlari 
    haqida savollar hisoblanadi. Javoblar jadval rejimida tasvirlanadi. 
    Har bir so„rov bir yoki bir hecha chegaralardan tashkil topadi va shu 
    asosda shablon yaratiladi. Masalan, 
    Narxi 
    maydonida <30 chegara 
    ko„rsatilsa, so„rovga faqat 
    Narxi 
    maydonida qiymatlari 30 dan kichik 
    bo„lganlari kiritiladi. 
    Har bir yozuvdagi ma‟lumotlar so„rov chegarasi bilan taqqoslanadi. 
    Agar yozuvdagi axborot chegarani qanoatlantirsa (masalan, narx qiymati 
    30 dan kichik bo„lsa), yozuv so„rov jadvaliga qo„shiladi. Har qanday 
    so„rov birgalikda yoki alternativ foydalaniladigan bir necha chegarani 
    o„z ichiga olishi mumkin. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish