41
Berilganlar bazasini qurish uslubiyati ularni loyihalashning nazariy
asoslarida jamlangan. Buni tushunish uchun asosiy g„oyalarini amalga
oshiruvchi ikkita ketma-ket bosqichlar misolida keltiramiz:
1-bosqich
: uning faoliyati tarkibi va sinfiyligini tushunish; axborot
oqimlari sxemasini qurish; mavjud bo„lgan hujjat almashinuvi tizimini
tahlil qilish; axborot obyektlari va ularga mos xossa va vazifalarini
bayon etuvchi rekvizitlar (parametrlari, xossalari) tarkibini aniqlash
maqsadlarda korxonaning barcha funksional bo„limlarini kuzatish
2-bosqich
:
1-bosqichda
kuzatilgan
faoliyat
doirasi
uchun
ma‟lumotlarning axborot-mantiqiy modelini qurish. Bu modelda
obyektlar va ular rekvizitlari o„rtasida barcha aloqalar o„rnata olingan va
optimallashtirilgan bo„lishi lozim. Axborot-mantiqiy modeli uning
negizida yaratiluvchi berilganlar bazasini shakllantirish uchun asos
bo„ladi.
Axborot ta‟minotini yaratish uchun quyidagilar zarur:
korxonani boshqarish tizimining barcha funksiyalari, masalalari,
maqsadlarini aniq tushunish;
tahlil qilish uchun axborot oqimlari sxemasi ko„rinishida taqdim
etilgan axborotning yaratilish vaqtidan boshqaruvning turli
darajalarida qo„llanilishigacha bo„lgan harakatini aniqlash; hujjat
almashinuvi tizimini zamonaviylashtirish;
kodlash va tasniflash tizimlarining mavjudligi va qo„llanilishi;
axborotning o„zaro bog„liqligini ifodalovchi axborot-mantiqiy
modellarini yaratish usullarini egallash;
mashina tashuvchilarida axborot massivlarini yaratish zamonaviy
texnik ta‟minotning mavjud bo„lishini talab qiladi.