• Ko‘p darajali arxitektura
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    saqlanuvchi jarayonida
     
    ko„rinishida jixozlanadi 
    va berilganlar bazasi serverida bajariladi. 
    Saqlanuvchi protsedura – 
    berilganlar bazasiga kirish uchun talab 
    qilingan parametrlari bilan nomi bo„yicha chaqiriluvchi va berilganlar 
    bazasi serverida bajariluvchi SQL operatorlari bilan protseduralardir. 
    Saqlanuvchi protseduralar kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bu ularning 
    bajarilishini tezlashtiradi va serverdagi yuklanishni kamaytiradi. 
    Berilganlar bazasi va ilovalar yaxlitligini yaxshilaydi, jamoaviy 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    36 
    foydalanilayotgan amallar va hisoblashlar dolzarbligini saqlaydi. 
    Hozirgi kunda mijoz-server arxitekturasi korporativ darajadagi 
    axborot tizimlari va ishchi guruhlarda keng tarqalgan. Ishni bunday 
    tashkillashtirish ilovalarning bajarilish samaradorligini oshiradi. 
    Ko‘p darajali arxitektura
     
    mijoz-server arxitekturasining rivojlangan 
    shakli bo„lib, klassik shaklda uch darajadan tashkil topgan: 
    quyi daraja – 
    PS
     
    va 
    PL
     
    taqdim mantiqi va funksiyalarining 
    bajarilishi uchun ajratilgan va o„rta daraja ilovalarini chaqirish 
    uchun dasturiy interfeysga ega bo„lgan mijozlar ilovalarini 
    ifodalaydi; 
    o„rta daraja – ilovalar serveri: bunda 
    BL
     
    amaliy mantiqi bajariladi 
    va u orqali 
    DL
     
    berilganlarga ishlov berish mantiqi 
    DS
     
    berilganlar 
    bazasi bilan amal bajarishni chaqiradi; 
    yuqori daraja – 
    DS
     
    berilganlarga ishlov berish xizmatlari va 
    FS
     
    faylli amallar uchun ajratilgan maxsuslashtirilgan masofaviy 
    berilganlar bazasini ifodalaydi. 
    Berilganlarga ishlov berishning bunday konsepsiyasi xususan 
    Oracle

    Borland

    Sun
     
    va boshqa firmalar tomonidan targ„ibot qilinadi. 
    Uch darajali arxitektura tarmoq va uning turli bo„g„inlaridagi 
    yuklanishlarni imkon qadar tenglashtirishga qaratilgan va ikki darajali 
    mijoz-server modelining kamchiliklarini yo„qotyadi. Amaliy mantiqdagi 
    o„zgarishlar interfeysga ta‟sir qilmaydi va aksincha. 
    PL

    BL 
    va 
    DL 
    komponentalari o„rtasidagi chegara turli tipda bo„lganligi uchun amaliy 
    mantiq barcha uch daraajada ko„rinishi mumkin. Ilovalar serveri 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    37 
    tranzaksiyalar monitori yordamida mijozlar va boshqa serverlar o„rtasida 
    interfeysni ta‟minlaydi, tranzaksiyalarni boshqarishi va taqsimlangan 
    berilganlar bazasining yaxlitligini kafolatlashi mumkin. Jarayonlarni 
    masofaviy chaqirish vositalari taqsimlangan hisoblash g„oyasiga ko„proq 
    mos keladi: tarmoqning ihtiyoriy bo„g„inidan boshqa bo„g„inda 
    joylashgan amaliy proseduralarni chaqirishni, parametrlarni uzatishni, 
    masofaviy ishlov berishni va natijalarni qaytarishni ta‟minlaydi, 
    Mijoz-server tizimlarining ortishi bilan uch darajaning zarurati ortib 
    boradi. Uch bo„g„inli arxitektura uchun tranzaksiya monitorlari deb 
    nomlanuvchi mahsulotlari nisbatan yangi hisoblanadi. Bu anjomlar 
    asosan 
    UNIX 
    muhitiga yo„naltirilgan, ammo amaliy serverlar ilovalar 
    serveri bilan mijozlar aloqasini tashkillashtirish uchun masofaviy 
    proseduralarni chaqirgan holda 
    Microsoft Windows NT
     
    negizida ham 
    qurilishi mumkin. Amaliyotda lokal tarmoqlarda berilganlar bazasi ayni 
    bir serverida aralash arxitekturani (ikki darajali va uch darajali) qo„llash 
    mumkin. 
    Shunday qilib, taqsimlangan ilovalarning ko„p darajali arxitekturasi 
    korporativ axborot tizimining ishlash samaradorligini oshish va uning 
    dasturiy-apparat manbalarini taqsimlashni optimallashtirish imkonini 
    beradi. Ammo, hozircha O„zbekiston bozorida mijoz-server arxitekturasi 
    ustunlik qilmoqda. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish