• Tashkiliy (korporativ) boshqaruvda axborot tizimlari
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    6. Amaliy axborot tizimlari
    Axborot tizimlari nafaqat ishlab chiqarish va kuzatishlar obyekti, 
    balki turli predmet sohalarida boshqa axborot tizimlarini yaratish 
    vositasi ham hisoblanadi. Bu esa axborotlashtirish muddatlari va sarf 
    harajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Amaliy axborot tizimlari doirasi 
    juda keng. Amaliy axborot tizimlari standart model, uslub va vositalarga 
    asoslangan. Bunday tizimlar soha modelini avtomatik shakllantirishga 
    yo„naltirilgan. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    65 
    Tashkiliy (korporativ) boshqaruvda axborot tizimlari
    Tashkiliy boshqaruv va tashkiliy axborot tizimlarini yaratish hozirgi 
    kunda turli axborot texnologiyalariga tayanadi. Afsuski, yagona 
    universal texnologiya mavjud emas. Boshqaruv usullarini umumiy holda 
    quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: manbalarni boshqarish, 
    jarayonlarni boshqarish va korporativ bilimlarni (kommunikatsiyalarni) 
    boshqarish. 
    Axborot tizimlari ichida keng qo„llaniladiganlari sifatida 
    quyidagilarni ajratish mumkin: 
    BBBT
     
    (manbalarni boshqarish: ishlab chiqarish, buxgalteriya va 
    moliya); 
    Workflow
     
    (
    Workflow Manajement Coalition 
    assotsiatsiyasi 
    standartlari – jarayonlarni boshqarish: ishlab chiqarish, hujjat 
    almashinuvi); 
    Internet
     
    (kommunikatsiyalarni boshqarish: sifat, rejalar, korporativ 
    bilimlar, kadrlar). 
    Manbalarni boshqarish masalasi boshqaruvning klassik usuli 
    hisoblanadi va axborot texnologiyalari birinchi bo„lib keng qo„llanilgan. 
    Manbalarni boshqarish masalasining rivojlanish jarayonlarini ko„rib 
    chiqaylik. 
    Birinchi navbatda kalendar-hajmiy loyihalash usuli 
    MPS
    (Material 
    Planning Shedule) 
    bilan birga korxona material manbalarini loyihalash 
    MRP
     (Material Requirements Planning) 
    usuli ishlab chiqildi. Navbatdagi 
    qadam ishlab chiqarish manbalari (quvvati)ni loyihalash usuli bo„ldi – 
    CRP (Capacitiy Requirements Planning)
    . Bu usul 
    MRP
    ga o„xshash 
    bo„lib, material va tashkil etuvchilar emas, balki ishlab chiqarish 
    quvvatini hisoblashga qaratilgan. Bu masala zamonaviy darajadagi katta 
    hisoblash manbalarini talab qiladi. 
    Yuqorida keltirilgan usullarning birlashtirilishi «ikkinchi darajali» 
    MRP II
    (Manufacturing Resource Planning) 
    masalasi – loyihalashning 
    integrallashgan usulini yuzaga kelishiga olib keldi. Bu usul 
    MRP/CRP
    ni 
    o„z ichiga oladi hamda 
    MPS
     
    va 
    FRP
    (Finance Resource/Requirements 
    Planning) 
    moliyaviy loyihalashdan foydalanadi. So„ngra korxonaning 
    barcha «tijorat-manba»larini integrallashgan loyihalash konsepsiyasi 
    ERP (Economic Requirements Planning) 
    taklif qilindi. 
    Keyingi 
    qadam 
    ishlab 
    chiqarish 
    manbalarini 
    boshqarish 
    konsepsiyasini yaratish bo„ldi – 
    CSPP
     (Customer Synchronized Resource 
    Planning) 
    – manbalarni loyihalash. Bu konsepsiyaning farqli tomoni 
    marketing, savdo va savdodan keyingi xizmat ko„rsatish bilan bog„liq 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    66 
    bo„lgan yordamchi manbalarni hisobga olish hisoblanadi. 
    Zamonaviy ishlab chiqarishda ko„plab yetkazib beruvchi va 
    xaridorlar ishtiroki tufayli yangi mantiqiy zanjirlar konsepsiyasi 
    (Supply 
    Chain) 
    yuzaga keldi. 
    Bu konsepsiyaning maqsadi ishlab chiqarish faoliyatini tahlil 
    qilishda tovarning xom-ashyodan tayyor mahsulotga aylanish barcha 
    zanjiri (tarmoq) faoliyatini hisobga olish. 
    Bunda quyidagi omillarga e‟tibor beriladi: 
    butun mantiqiy zanjirda mahsulot narhi shakllanadi, ammo 
    tijoratchi iste‟molchiga sotish bosqichi aniqlovchi hisoblanadi; 
    barcha amallarning samaradorligi mahsulot narhiga ta‟sir 
    ko„rsatadi; mahsulotni boshlang„ich ishlab chiqarish bosqichi 
    ko„proq boshqariluvchi hisoblanadi, ko„proq sezilarlisi – yakuniy 
    (sotilgani). 
    Mantiqiy zanjirlar konsepsiyasining navbatdagi rivoji mahsulotning 
    hayot siklini to„liq o„zida jamlagan bir necha kompaniyalar tizimiga 
    yoki bir kompaniyaning bir necha «virtual tijoratlarga» taqsimlangan 
    virtual tijorat g„oyasi hisoblanadi. 
    Yuqorida ko„rib o„tilgan usullar alohida dasturiy mahsulotlarda va 
    Intranet doirasida korporativ boshqaruv anjomi sifatida ko„rinadi. 
    Ishlab chiqarish jarayoni to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir ko„rsatuvchi 
    axborotlarni qabul qilish sifatining ortishi bilan bog„liq. Bu borada 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    67 
    Intranet tashkilot faoliyatida sezilarli iqtisodiy samara beradi. 
    Tashkilotning axborot tizimi uchun «axborotni chop qilish», «axborot 
    oluvchilar», «axborotni taqdim etish» tushunchalari asosiy bo„lib 
    bormoqda. 
    Intranet arxitekturasi axborot tizimlarining tabiiy rivojlanishi bo„ldi: 
    markazlashtirilgan arxitekturadan «mijoz-server» orqali Internetga. 
    Shaxsiy kompyuterlarning qo„llanilishi bilan axborot tizimining bir 
    qismini ishchi stolga ko„chirish imkoniyati yuzaga keldi. Shunday qilib, 
    taqsimlangan axborot tizimlarni yaratish zarurati yuzaga keldi. Bu 
    maqsadlarga tarmoqda dastur va kompyuterlar o„zaro aloqalari modeliga 
    asoslangan «mijoz-server» arxitekturasi mos keladi. 
    An‟anaviy tushunchada, «mijoz-server» tizimi ma‟lumotlarni 
    yetkazib berishni amalga oshiradi va ular uchun quyidagilar 
    xarakterlidir: 
    serverda axborot emas, ma‟lumotlar yuzaga keladi; mijozlar bilan 
    ma‟lumot almashish uchun yopiq protokol qo„llaniladi; 
    ma‟lumotlar mijozlar kompyuterlariga uzatiladi, qayta ishlanadi 
    (interpretatsiya qilinadi) va axborotga almashtiriladi; 
    amaliy tizim qismlari mijozlar kompyuterlariga joylashtiriladi. 
    «Mijoz-server» tizimining asosiy afzalliklari: 
    tarmoqda bosimning kamligi (ishchi stantsiya serverga ma‟lum 
    bir ma‟lumotlarni qidirish uchun so„rovlar uzatadi, server 
    qidirishni o„zi amalga oshiradi va tarmoq orqali faqat so„rovga 
    ishlov berish natijalarini, ya‟ni bir yoki bir necha yozuvlarni 
    uzatadi); 
    yuqori ishonchlilik («mijoz-server» texnologiyasiga asolangan 
    MOBT, uzilishlarda avtomatik tiklashni ta‟minlaydi); 
    foydalanuvchilar huquqlarini sozlash darajasi (bir 
    foydalanuvchiga ma‟lumotlarni faqat ko„rishni sozlash, 
    boshqalariga ko„rish va tahrirlash, uchinchilari hech qanday 
    ma‟lumotlarni ko„rmasliklari mumkin); 
    katta o„lchamli maydonlarni qo„llash (o„lchamlari bir necha yuz 
    Kbayt va Mbayt bo„lgan ma‟lumotlar turlarini ta‟minlash). 
    «Mijoz-server» tizimi bir qator kamchiliklarga ham ega: 
    administrator tayinlashning qiyinligi; 
    axborotning ruxsatsiz kirishdan yetarli darajada 
    himoyalanmaganligi; 
    bu axborot tizimi uchun server va mijozning muloqot qilishi 
    uchun yopiq protokol. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    68 
    Keltirilgan kamchilliklarni yo„qotish uchun markazlashgan tizim va 
    an‟anaviy «mijoz-server» tizimining eng yaxshi sifatlarini birlashtirgan 
    Intranet tizimi arxitekturasi ishlab chiqilgan. Bunda barcha axborot 
    tizimi markaziy kompyuterda joylashadi. Ishchi o„rinlarda, axborot 
    tizimlaridagi jarayonlarni boshqarish imkoniyatini beruvchi, sodda kirish 
    qurilmalari (navigatorlar) joylashadi. Ekranga uzatish va pultda bosilgan 
    klavishlar kodlari sodda protokoli yordamida kirish qurilmasi muloqot 
    qiladigan barcha jarayonlar markaziy 
    EHM
    da amalga oshiriladi. 
    Intranet tizimining asosiy ustunliklari sifatida quyidagilarni keltirib 
    o„tish mumkin: 
    amaliy tizim serverda jamlangan, mijozlarda faqat navigator-
    dastur joylashtiriladi; 
    server qism va ishchi o„rinlarini markazlashgan boshqaruv 
    yengillashtirilgan; 
    foydalanuvchi tomonidan qo„llanilayotgan dasturiy ta‟minotga 
    bog„liq bo„lmagan interfeys (
    OT

    BBBT
    va h.k). 
    Intranetning muhim ustunligi texnologiyaning ochiqligi hisoblanadi. 
    Mavjud yopiq texnologiyalarga asolangan dasturiy ta‟minot, qaror biror 
    firma tomonidan bir ilova uchun ishlab chiqilgan bo„lsa, qulay bo„lib 
    ko„rinadi. Ammo, axborot tizimlarining rivojlanishini keskin 
    chegaralaydi. 
    Hozirgi kunda Intranetda quyidagi yo„nalishlar bo„yicha ochiq 
    standartlardan keng foydalanilmoqda: 
    tarmoq manbalarini boshqarish (

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish