69
Sanoatda va iqtisodiyotda axborot tizimlari
Axborot texnologiyalarini sanoat, savdo, bank ishi sohalariga tadbiq
etish birinchi navbatda axborot tizimlarini yaratish yo„li bilan rivojlandi.
XX
asrning
60
-yillarida yuzaga kelgan
KABT
(korxonalarni
avtomatik
boshqarish tizimi) o„nlab yillar mobaynida «og„izda» bo„ldi. Ammo,
kompleks avtomatlashtirish bosh muammosi hal qilinmadi, lekin bunday
tizimlarni ishlab chiqish malakasi jamlandi. Axborot texnologiyalarini
zamonaviy darajada tijoratni boshqarish sohasiga tadbiq qilish
masalalarini yecha oladigan malakali kadrlar tayyorlandi.
KABT
ni loyihalashda standartlashtirish,
moslik masalalari hisobga
olinmadi. Bu zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilishni qiyinlashtirdi
va o„zgartirishlar kiritishga katta mablag„ talab qildi. Hozirgi kunda
predmet sohasining turliligiga qaramasdan,
zamonaviy standartlar va
korporativ axborot texnologiyalari printsipiga asoslangan korporativ
axborot tizimlari
(
KAT
)
keng tarqalgan.
KAT
yordamida yechiladigan masalalarni uch sinfga bo„lish
mumkin:
standart buxgalteriya va statistik hisobot asosida olinadigan
hisobot ko„rsatkichlarini shakllantirish (soliq xizmati, statistika,
investorlar va h.k.);
yuqori agregirlangan ko„rsatkichlar asosida tijoratni
rivojlantirish
bo„yicha boshqaruvning strategik qarorlarini ishlab chiqish;
tarkib bajarilishining turli tomonlari tavsiflarini ifodalovchi
yuqori detallashtirilgan ko„rsatkichlar asosida tezkor boshqaruvga
yo„naltirilgan taktik qarorlarni ishlab chiqish.
KAT
ni tadbiq etishda asosiy qiyinchilik diagnostika hisoblanadi. Bu
yerda uch bosqichni ajratish mumkin:
tizimli tahlil va mavjud tarkib hamda boshqaruv texnologiyasini
baholash;
axborot texnologiyalari
asosida boshqaruv tizimi va
tashkillashtirish tarkibining yangi usullarini ishlab chiqish;
boshqaruvni qayta tashkillashtirish holati, tadbiq qilish rejasi,
boshqaruv hujjat almashinuvi reglamenti (loyihasi)ni ishlab
chiqish.
KAT
ni
shartli ravishda
adadli (tirajli), yarim buyurtmali va
buyurtmali
ga bo„lish mumkin.
Adadli
KAT
lar ishlab chiquvchi tomonidan qayta ishlashni talab
qilmaydi va o„zgartirishlar kiritish imkonini bermaydi. Bunday tizimlar
kichik korxonalar uchun mo„ljallangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
70
Yarim buyurtmali tizimlar
buyurtmachi talablariga javob beradi va
kichik kapital xarajatlarni talab qiladi. Ularning asosiy qo„llanilish
sohasi katta korxonalar (tijorat jarayon zanjirida beshtadan ortiq kishi va
oyiga yuzlab hujjatlar).
Buyurtmali tizimlar
hozirgi axborot texnologiyalari darajasida
o„tmishga ketdi,
ular ishonchli emas, qabul qilingan standartlar
talablariga mos kelmaydi, qiyinchilik bilan takomillashtiriladi. Ularning
asosiy qo„llanilish sohasi – juda katta maxsus ishlab chiqarish
korxonalari.
Hozirgi kunda korporativ tizimlar bozorida ko„p sonli chet el
ishlanmalari taklif qilinmoqda.
KAT
lar moliyani, xodimlarni, zaxiralarni,
ta‟minotni va ishlab
chiqarishni boshqarishda, texnik xizmat
ko„rsatishda, rejalarni boshqarishda keng qo„lanilmoqda.
Bank faoliyatini axborotlashtirishda ikki asosiy yo„nalishni ajratish
mumkin:
tezkor axborotni kiritish va tiklash masalasini axborotlashtirish,
standart hisobni olish (korxona