86
a)
ko„p tashkil etuvchilardan iborat axborot muhitini (matn, ovoz,
grafika, foto, video) yagona raqamli ko„rinishda ifodalash;
b)
katta hajmli axborotlarni ishonchli (nusxalashda yo„qotishlarning
mavjud emasligi) va uzoq muddatli (o„nlab yillar) saqlash;
c)
axborotlarga ishlov berishning soddaligi.
Hozirda erishilgan texnologiya yangi optik tashuvchi –
DVD
standartiga asoslangan. Bu standart o„nlab Gbaytgacha hajmga ega va
avvalgilarining barchasini almashtiradi:
CD-ROM
,
Video-CD
,
audio-CD
.
DVD
ni qo„llash raqamli axborotning bir turliligini ta‟minlash imkonini
berdi. Birgina qurilma audiopleyer, videomagnitafon,
CD-ROM
, disk
yurituvchi va boshqalarni almashtiradi.
Ko„plab tashkil etuvchilardan iborat multimedia muhitini uch
guruhga bo„lish maqsadga muvofiq: audioqator, videoqator va matnli
axborot.
Audioqator suhbat, musiqa, turli effekt (samara)larni (
Wave
(to„lqin)
belgilanishi orqali birlashtiriluvchi shovqin, g„ichirlash, chaqmoq va h.k.
turdagi ovozlar) o„z ichiga oladi.
Videoqator audioqatorga nisbatan elementlarining ko„pligi bilan
farqlanadi. Videoqator grafika (rasmlar, yuza, grafik rejimdagi belgilar)
va rasmni (fotografiya va skanerlangan tasvirlar) o„z ichiga oladi. Audio
va videoqatorlarni amalga oshirishdagi sezilarli hajm (to„liq bir ekran
62,5
dan
300 Kbayt
.gacha) axborot tashuvchiga, videoxotiraga va
axborotni uzatish tezligiga yuqori talablarni qo„yadi.
CD-ROM
ga matnli axborotni joylashtirishda, optik diskning katta
hajmli axborot sig„imi bilan bir qatorda, hech qanday murakkabliklar va
chegaralanishlar yo„q.
Multimedia-texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo„nalish-
lariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ma‟lumot olish maqsadlari uchun elektron nashrlar, ko„ngilochar
dasturlar va h.k.;
telekonferentsiyalarda qo„llash mumkin bo„lgan buyurtma
teleko„rsatuvlarni ko„rishdan multimedia- konferentsiyalarda
ishtirok etish uchun zarur kitobni tanlashgacha;
foydalanuvchi so„roviga asosan ko„rgazmali axborot beruvchi
multimediali axborot tizimlari («multimedia-kiosk»).