• Axborot texnologiyasi
  • Anjomiy oqim
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    7. Axborot texnologiyalari
    Texnologiya deyilganda keng ma‟noda material boyliklarni ishlab 
    chiqish qonuniyatlari tushuniladi. Ularni quyidagicha tarkibiy qismlarga 
    bo„lish mumkin: 
    g‘oya
    – ishlab chiqarish asoslari; 
    mehnat qurollari
    – stanoklar, mashinalar, agregatlar; 
    kadrlar
    – malakaviy bilimga ega bo„lganlar. 
    Bu tarkibiy qismlar mos ravishda axborot, anjomiy va ijtimoiy 
    qismlar deyiladi. Aniq bir ishlab chiqarish uchun texnologiya 
    deyilganda, tor ma‟noda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish 
    ketma-ketligini aniqlovchi usullar mosligi tushuniladi. Texnologiya 
    darajasi jamiyatning ilmiy-texnik rivoji bilan bog„liq va uning ijtimoiy 
    tarkibiga, madaniyatiga va g„oyalariga ta‟sir ko„rsatadi. Har qanday 
    texnologiya uchun maqsad, predmet va vosita ko„rsatilishi mumkin. 
    Masalan, sanoat ishlab chiqarishida texnologiyaning maqsadi mahsulot 
    sifatini oshirish, uning tayyorlanish muddati va tannarxini kamaytirish 
    hisoblanadi. 
    Texnologiyaning rivojlanishida ikkita turli bosqichlarni ko„rsatish 
    mumkin. Birinchi turi negiz texnologiyani uzluksiz rivojlantirish bilan 
    xarakterlanadi. Rivojlantirish maksimal darajaga erishilgandan so„ng, 
    katta hajmdagi iqtisodiy xarajatlar o„zini oqlamaydi. 
    Ikkinchisi, mavjud texnologiyalardan voz kechgan holda boshqa, 
    birinchi texnologiyaning qonuniyatlari bo„yicha rivojlanuvchi yangi 
    texnologiyaga o„tish bilan farqlanadi. 
    Axborot texnologiyasi
     
    axborotni olish, ishlov berish, taqdim etish 
    usul va vositalari mosligi bo„lib, axborotning holati, xossalari, shakli va 
    mazmunini o„zgartirishga yo„naltirilgan. 
    Axborot texnologiyalarini uch darajaga ajratish mumkin. 
    Birinchi daraja – 
    nazariy
    . Asosiy masalasi – axborot jarayonlarining 
    o„zaro bog„langan modellari jamlanmasini yaratish. 
    Ikkinchi daraja – 
    tadqiqot
    . Asosiy masalasi – aniq optimal axborot 
    texnologiyalarini avtomatik loyihalash imkoniyatini beruvchi usullarni 
    ishlab chiqish. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    82 
    Uchinchi daraja – 
    amaliy
    . Bu darajani ikki oqimga ajratish maqsadga 
    muvofiq: 
    anjomiy 
    va 
    predmet

    Anjomiy oqim 
    (qurilmalar, stanoklar, 
    anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish yo„llari va 
    vositalarini aniqlaydi. Ularni uslubiy, axborot, matematik, algoritmik, 
    texnik va dasturiy turlarga bo„lish mumkin. 
    Predmet oqimi 
    aniq 
    predmet sohasi spetsifikasi bilan bog„liq bo„lib, maxsus axborot 
    texnologiyalarida o„z ifodasini topgan. Masalan, texnologik jarayonlarni 
    boshqarish, avtomatlashtirilgan loyihalash, tashkiliy boshqaruv, o„qitish 
    va boshqalar. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish