87
Ularga quyidagilarni keltirish mumkin:
geoaxborot
tizimlari;
hududiy boshqaruv tizimlari;
loyihalash tizimlari;
harbiyga mo„ljallangan tizimlar va boshqalar.
Bu tizimlar biror bir amaliy muhitda (geografik, iqtisodiy va
boshqalar) faoliyat ko„rsatayotgan texnik va ijtimoiy tizimlar faoliyatini
boshqaradi.
Biror bir vaziyatni kompyuter ekranida
grafik taqdim etish
deyilganda, turli grafik namunalarning tasvirlanishi tushuniladi.
Geoaxborot ko„rinishlarni amalga oshirishda asosiy muammo aniq
predmet sohasini formal bayon etishning qiyinligi va uni elektron
kartada tasvirlash hisoblanadi.
Shunday qilib, geoaxborot texnologiyalar amaliyotga fazoviy-vaqtli
ma‟lumotlar bilan ishlashning usul va vositalarini
keng tadbiq qilish
uchun mo„ljallangan. Bunda ma‟lumotlar elektron kartalar videotizimi
va turli toifa foydalanuvchilar uchun turli xil axborotlarga ishlov
berishga yo„naltirilgan vositalarini taqdim etadi.
Geoaxborot texnologiyalarning geometrik axborotni o„z
ichiga
olgan va fazoviy aspektlarini aks ettiruvchi ma‟lumotlari asosiy sinfi
koordinata ma‟lumotlari hisoblanadi. Koordinata ma‟lumotlarining
asosiy turlari: nuqta (tugunlar, cho„qqilar), chiziq (ochiq), kontur (berk
chiziq), poligon (maydon). Amaliyotda real obyektlarni qurish uchun
ko„plab ma‟lumotlardan foydalaniladi (masalan, osilgan bo„g„in, normal
bo„g„in, qoplash, qat va h.k.). Geoaxborot texnologiyalarni qo„llash,
ma‟lumotlarni fazoviy taqdim etish
uchun asosiy grafik muhit
hisoblanadi. Uning asosini vektorli va rastorli (katakli) modellar tashkil
etadi.
Geoaxborot tizimlarni loyihalashning asosiy jihati modelning
o„lchamliligi hisoblanadi. Geoaxborot tizimlarda ikki (
2D
) va uch (
3D
)
o„lchamli koordinatalar modelidan foydalaniladi. Ikki o„lchamli
modellardan elektron kartalar qurishda, uch o„lchovli
modellardan esa,
geologik jarayonlarni modellashtirishda, injenerlik qurilmalarini
loyihalashda (suv omborlari, to„g„onlar, karyerlar va h.k.) foydalaniladi.
Geoaxborot texnologiyalar
elektron kartalar tuzishda, shahar
xo„jaligi, davlat yer kadastri,
ekologiya, iqtisod sohalarida, harbiyga
mo„ljallangan maxsus tizimlarda keng qo„llaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi