90
tartibini o„rnatish va funksional elementlarni ajratish bilan algoritmik
dekompozitsiyalashga asoslangan.
Obyektga yo„naltirilgan yondashuv obyektlar o„zaro aloqasi
terminida tizimning holatini bayon etish bilan obyektli dekompozitsiya-
lashga asoslangan.
CASE-texnologiya
deyilganda, dasturiy ta‟minotni
yaratish va
boshqarish jarayonlarini ta‟minlovchi dasturiy vositalar kompleksi
tushuniladi. U o„z ichiga talablarni shakllantirish va tahlil qilish,
loyihalash, hujjatlashtirish, sifatini ta‟minlash, sinovdan o„tkazish, kodni
generatsiyalash, tuzilmaviy boshqaruv va loyihani boshqarishni oladi.
CASE
-texnologiyalar axborot tizimlarini loyihalash uslubiyatini,
hamda predmet sohasini ko„rgazmali shaklda modellashtirish
imkoniyatini beruvchi anjomiy vositalar to„plamini ifodalaydi. Shu bilan
birga bu modelni butun loyihalash bosqichlarida tahlil qiladi,
axborot
tizimini boshqaradi va foydalanuvchi talablariga mos ravishda
ilovalarini ishlab chiqadi.
CASE
-vositalarning ko„pgina qismi tizim va
dasturiy vositalarning dinamik holatini, tizimning modellari o„rtasidagi
bog„lanishlarni, diagramma yoki matn ko„rinishida tashqi talablarni
bayon etish uchun tarkibiy (asosan) yoki tahlil va yo„naltirilgan
loyihalash uslublarini qo„llaydi. Tahlillar natijalariga ko„ra,
CASE
-
texnologiya axborot texnlogiyalarining izchil turiga kiradi.
CASE
-
vositalarni har qanday vosita kabi, qo„llay olish zarur. Noto„g„ri tadbiq
qilish ko„plab noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli,
quyidagilarni ko„rsatib o„tish mumkin:
1.
CASE
-vositalar tezda samara bermasligi, bir oz vaqt o„tgandan
so„ng natija olinishi mumkin;
2.
CASE
-vositalarni tadbiq qilishga sarflangan real
harajatlar odatda
ularni sotib olish harajatlaridan ancha ortiq bo„ladi;
3.
CASE
-vositalar tadbiq qilish jarayoni samarali amalga
oshirilgandan so„ng sezilarli darajadagi natijalarni olish
imkoniyatini ta‟minlaydi.
CASE
-vositalarni tanlash va baholashning asosiy cheklanishlari
quyidagilardan iborat:
1)
funksional tavsiflari:
a.
bajarilish muhiti: loyihaviy muhiti, dasturiy ta‟minot, texnik
vositalar, texnologik muhit;
b.
hayot sikli fazasiga yo„naltirilgan funksiyalari: modellashtirish,
amalga oshirish, sinovdan o„tkazish;
c.
umumiy funksiyalari: hujjatlashtirilganlik, konfiguratsiyani
boshqarish, loyihani boshqarish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
2)
ishonchlilik;
3)
foydalanishning soddaligi;
4)
samaradorlik;
5)
kuzatuvchanlik;
6)
ko„chiruvchanlik;
7)
umumiy cheklanishlar (narxi,
sarf-harajat, tadbiq etish samarasi,
ta‟minotchi tavsiflari).
Zamonaviy
CASE
-vositalar axborot tizimlarini loyihalashning
ko„plab texnologiyalarini qamrab olgan: sodda tahlil va hujjatlashtirish
vositalaridan dasturiy ta‟minotning butun hayot siklini qamrab olgan
avtomatlashtirish vositalarigacha.
Axborot tizimlarini ishlab chiqishda eng ko„p mehnat talab qiluvchi
bosqichi loyihalash va tahlil qilish hisoblanadi.
CASE
-vositalar texnik
qarorlarni qabul qilish va loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonda sifatni
ta‟minlaydi. Bunda axborotlarni vizual taqdim etish usullari katta
ahamiyatga
ega.
Modellashtirishning
grafik
vositalari
ishlab
chiquvchilarga mavjud axborot tizimini ko„rgazmali shaklda o„rganish,
qo„yilgan maqsad va mavjud chegaralanishlarga
mos ravishda ularni
qayta qurish imkonini beradi. Zamonaviy
CASE
-vositalar injinering
(dasturiy tizimni ishlab chiqish) va avtomatlashtirilgan reinjinering
(dasturiy tizim boshlang„ich modelini tiklash) jarayonlarini ta‟minlaydi.
CASE
-vositalar toifasiga chegaralangan imkoniyatlarga ega shaxsiy
kompyuterlar uchun nisbatan arzon tizimlar bilan bir qatorda hisoblash
platformalari va operatsion muhitlar uchun qimmat bo„lgan tizimlar ham
kiradi. Zamonaviy
dasturiy vositalar bozorida
300
ga yaqin turli
CASE
-
vositalar mavjud bo„lib, ularning eng kuchlilari g„arbning yetakchi
kompaniya va tashkilotlari tomonidan qo„llanilmoqda. Odatda
CASE
-
vositalarga dasturiy ta‟minot hayot siklining u yoki bu mosligi
jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va quyidagi xususiyatlarga ega bo„lgan
har qanday dasturiy vosita kiradi:
ishlab chiquvchi bilan qulay interfeysni ta‟minlovchi va uning
ijodiy imkoniyatlarini
rivojlantiruvchi, axborot tizimini
hujjatlashtirish va bayon etish uchun kuchli grafik vositalar;
axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarining
boshqaruvchanligini ta‟minlovchi
CASE
-vositalar alohida
komponentlarining integratsiyasi;
maxsus yo„l bilan loyihalash metama‟lumotlarining
(repozitoriylar) tashkillashtirilgan saqlashini qo„llash.
Integrallashgan
CASE
-vosita (yoki dasturiy ta‟minotning hayot
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
siklini to„liq ta‟minlovchi vositalar to„plami) quyidagi komponentlarni
o„z ichiga oladi:
CASE
-vositaning asosi hisoblangan repozitoriy. U loyiha
talqinlari va uning alohida komponentlarini saqlashni ta‟minlashi,
guruhli ishlab chiqishda turli ishlab chiquvchilar axborotlarini
sinxronlashtirishi, metama‟lumotlarning to„laligini va to„g„riligini
nazorat
qilishi lozim;
axborot tizimi modelini tashkil qiluvchi, iyerarxik bog„langan
diagrammalarni (
DFD
,
ERD
va boshqalar) yaratish va tahrirlashni
ta‟minlovchi tahlil qilish va loyihalashning grafik vositalari;
4GL tili va kod generatorlarini o„z ichiga olgan holda ilovalarni
ishlab chiqish vositalari;
konfiguratsion boshqarish vositalari; hujjatlashtirish vositalari;
testlash vositalari;
loyihani
boshqarish vositalari; reinjiniring vositalari.