94
Axborot qidiruv intellektual tizimlari
muammoga yo„naltirilgan
(faktografik) berilganlar bazasi bilan, tabiiy tilga nisbatan grammatik va
leksik chegaralangan, muloqot qilish tizimlari hisoblanadi. Bunday
tizimlar uchun bilimlar omboridan tashqari, muammo sohasida
bilimlarni taqdim etishning semantik
modelini amalga oshiruvchi
lingvistik protsessordan foydalanish xarakterlidir.
Tadqiqot tizimlari
, hozirgi kunda, intellektual tizimning jadal
rivojlanayotgan sinflaridan biri hisoblanadi. Bu tizimlar,
birinchi
navbatda, ilm-fan va texnikaning matematika kam formallashgan
sohalarida rivojlana boshladi. Masalan, sport, tibbiyot, geologiya,
biologiya va boshqalar.
Mantiqiy-hisob tizimlari
masalalarning boshlang„ich ma‟lumotlari
matematik modellarining murakkabligidan qat‟iy nazar,
boshqaruv va
loyihalash masalalarini yechish imkonini beradi. Bunda, hisoblash
jarayoni bosqichida, foydalanuvchiga muloqot rejimida nazorat qilish
imkoniyatini taqdim etadi. Umumiy holda,
muammoning bayoni
bo„yicha, predmet sohasi tilida matematik modelini avtomatik qurish va
funksional masalalarning tuzilishidan ishchi dasturlarni tahlil qilishni
ta‟minlaydi.
So„nggi vaqtlarda
gibrid tadqiqot tizimlar
maxsus sinf sifatida
ajratilmoqda. Bunday tizimlar axborot-qidiruv, tadqiqot, mantiqiy-hisob
tizimlarining eng yaxshi tomonlarini o„zida jamlashi zarur.
Gibrid
tadqiqot tizimlarni ishlab chiqish sohasi boshlang„ich bosqichda turibdi.