Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/104
Sana07.08.2024
Hajmi2,13 Mb.
#269215
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

O‘qish uchun qurilma 
CD-ROM
 
(
Compact Disk-Read Only Memory 
– kompakt-disk, faqat o„qish uchun mo„ljallangan) faqat optik kompakt-
disklarda yozilgan audio, video va raqamli axborotni o„qish uchun 
xizmat qiladi. Bunday qurilmalarning muhim tavsifi tezligi va sig„imi 
hisoblanadi. Bir kompakt-diskning sig„imi 
700
Mbayt (taxminan 
260
000 
ga yaqin matn sahifasi) axborotga yetishi mumkin. Ikkinchi tavsifi 
kompakt-diskdagi axborotga kirish tezligi bilan aniqlanadi. O„qish 
qurilmasi tezligi bir tezlikli qurilmadan 8 marotaba katta. Hozirgi kunda 
54
-tezlikli 
CD-ROM
qurilmalari mavjud. 
CD-R
(Compact Disk-Recordable) 
– axborotni kompakt-diskka 
yozish uchun maxsus qurilma. 
CD-ROM
dagi axborotlarni qayta yozish 
mumkin emas. Axborotni ko„p marotaba yozish uchun magnitli optik 
kompakt-disklardan 
(
CD-RW

foydalaniladi, ammo ular odatdagi 
disklardan qimmat turadi. 
Egiluvchan magnit diskli yig‘uvchilar (
EMDY

egiluvchan magnit 
disklarga axborotlarni yozish va o„qish uchun xizmat qiladi. Ular 
birinchi navbatda katta bo„lmagan hajmli axborotlarni bir kompyuterdan 
ikkinchisiga ko„chirish yoki uzoq muddatli saqlash uchun mo„ljallangan. 
Egiluvchan magnitli disklar geomyetrik tuzilishi, konstruktiv bajarilishi 
va sig„imi bilan farqlanadi. Disklar ikki diametrda bo„ladi: 
5,25
va 
3,5
dyuym
. (
1
dyuym 
taxminan 
2,54
sm 
ga teng). Egiluvchan magnitli disk 
birinchi bor ishlatilishidan avval formatlanishi lozim. 
EMDY 
ning ustunliklari: sodda, arzon, axborotni ko„p marta qayta 
yozish imkoniyati, qo„shimcha apparat vositalarini talab qilmasligi (Har 
bir shaxsiy kompyuter kamida bitta 
EMDY
ga ega). Kamchiliklari: kichik 
hajm, tezkorlikning pastligi. 
Sichqoncha (Monipulyator) 
– kursorni ekranning kerakli nuqtasiga 
qo„yish, obyektlarni tanlash va monitor ekranida boshqa harakatlarni 
(ekran klavishlarini bosish, menyu holatini tanlash, chizish va h.k.) 
bajarish 
imkonini 
beruvchi 
qurilma. 
Sichqonchalar 
ikki 
xil 
konstruktsiyaga ega: ikki yoki uch klavishli. Ko„proq chap klavishdan 
foydalaniladi (uning bosilishi bilan kursor ko„rsatgan obyekt ustida amal 
www.ziyouz.com kutubxonasi


99 
bajariladi). O„ng klavish kam ishlatiladi (ayrim dasturlarda, masalan, 
Windows da uning bosilishi bilan aniq bir menyu chaqiriladi). 
Klaviatura 
foydalanuvchi dastur yoki operatsion tizim bilan 
ishlayotganda axborotlarni va buyruqlarni kompyuterga kiritish uchun 
mo„ljallangan. Klavishlar soni va joylashuvi turli klaviaturalarda turlicha 
bo„lishi mumkin. Asosan 
101
klavishli klaviaturalar qo„llaniladi. Harfli 
klavishlar lotin yoki rus (yoki boshqa millat) alifbosi harflarini kiritish 
uchun xizmat qiladi. Bir tildan ikkinchi tilga o„tish ko„pincha bir vaqtda 
maxsus tugmalarni bosish bilan bajariladi. Milliy alfavitlarni qo„llash 
odatda maxsus dastur – klaviatura drayverlari orqali amalga oshiriladi. 
Masalan, bu maqsadlar uchun ayrim hollarda 
[Alt]+[Shift]
 
klavishlar 
kombinatsiyasidan foydalaniladi. 
Monitor (displey) 
insonning kompyuter bilan tezkor muloqotida 
matnli va grafik axborotlarni ekranda tasvirlash uchun mo„ljallangan. 
Ekranda ko„rish mumkin bo„lgan tasvir sifati monitorning xossalari, 
shaxsiy kompyuterning tizim magistraliga monitorni ulab beruvchi 
adapter (videokarta)ning tavsiflari bilan aniqlanadi. 
Monitor va adapterlarning tavsiflarini aniqlovchi bir necha standart 
mavjud: 
CGA

EGA

VGA

SVGA
. Bu belgilashlardan monitor va karta 
turini aniqlash uchun foydalaniladi. 
CGA 
va 
EGA 
standartlari eskirgan 
hisoblanadi va hozirgi kunda ko„proq 
SVGA 
standarti qo„llaniladi. 
SVGA 
monitorlarining asosiy tavsiflari: 
ranglilik (rangli va monoxrom); 
diagonal bo„yicha ekran o„lchami (
14 
dan 
21 
dyuymgacha); 
ekranda nuqtalar qadami (
0,25 
dan 
0,28 
mm.gacha, qadam qancha 
kichik bo„lsa, tasvir shuncha sifatli bo„ladi); 
maksimal yechim qobiliyati (
640 x 480 
dan 
1600 x 1280
nuqtagacha); 
vertikal razvertka chastotasi (
72 Gts
.dan kam bo„lmagan tavsiya 
qilinadi, kam chastotada tasvirning yonib o„chishi sezilarli 
bo„ladi, bu ko„zning toliqishiga olib keladi); 
biologik himoyalanganlik (monitor zararli nurlanishlar maksimal 
darajasini aniqlovchi 
MPRII
standartiga mos kelishi lozim). 
Chop qilish qurilmalari (printerlar) 
hujjatlar, matnlar, rasmlar 
nusxalarini qog„ozga yoki maxsus plyonkalarga (masalan, diaproektorda 
foydalanish uchun) olish uchun mo„ljallangan. Ishlash tezligi va 
olinayotgan hujjat sifatiga ko„ra chop qilish qurilmalari uch turga 
bo„linadi: matritsali, siyohli va lazerli. 
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, printerning muhim tavsiflari 
www.ziyouz.com kutubxonasi


100 
ishlash tezligi, chop qilish sifati va narhi hisoblanadi. 
Matritsali printerlar asosan matnli hujjatlarni chop qilish uchun 
mo„ljallangan. Bunda rasmlarni ham chop qilish mumkin, ammo sifati 
juda past bo„ladi. Bunday printerlar juda arzon turadi va sarf materiallari 
uchun kam xarajat qilinadi (har zamonda lyentani almashtirish zarur). 
Ma‟lumotlar bilan ishlash uchun qo„llaniladigan texnik vositalar va 
ularning qismlari quyidagilardan iborat: 
сho„ntak kompyuterlari: 
Compaq, Rison, Palm 
va boshqalar; 
protsessorlar: 
AMD Atlon, AMD Duron, Intel Celeron, Intel Pentium III, 
Intel Pentium IV, VIA Cyrix III (C3)
 
va boshqalar; monitorlar: 
suyuqlik-kristalli; 
grafik stansiyalar: 
Desten 
(bir protsessorli), 
MultiCo 
(bir va ikki 
protsessorli); 
printerlar: lazerli va yorug„lik diodli: 
HP Laserjet, Oki Oki Page, 
Lexmark 
va boshqalar; siyohli: 
HP Deskjet, Epson Stylus Color, Canon 
BJ, Lexmark Z
 
va boshqalar; 
skanerlar: 
Agfa e, HP Scanjet, Umax Astra 
va boshqalar; tizimli 
platalar: 
ASUSTeK, MSI, GigaByte 
va boshqalar; 
videoadapterlar: 
ASUS V, ATI Radeon, Matrox, 3dfx Voodoo 5
 
va 
boshqalar; 
ovoz platalari: 
Platinum, Diamond Monster, Creative Lads Sound 
Blaster 
va boshqalar; 
modemlar: 
US Robotics Courier 56 K, ZyXEL Omni Pro, D-Link- DFM 
56 K
 
va boshqalar; 
sichqonchalar: 
Genius (KYE System), Microsoft, Logitech
 
va 
boshqalar; 
DVD-ROM
 
disk yurituvchilar: 
Pioneer, Hitachi GD, Creative Labs PC-
DVD Encore 
va boshqalar; 
tashqi disk yurituvchilar: 
CD-RW Iomega Predator, Iomega ZIP,
CD-RW HP
 
va boshqalar 
raqamli kameralar: 
Nikon, Olympus Camedia, Canon
 
va boshqalar; 
videomontaj uchun platalar: 
Pinnacle Systems DV500plus, Matrox 
RT2000
 
va boshqalar; 
MP3
-pleyerlar: 
Lenoxx MP-786, I&C Co, Ltd. MPMaster IM-600B, 
Winstar Eline MP3P-CD, Iomega HipZip
 
va boshqalar; 
TV
-tyurnerlar: 
Pinnacle Systems Studio PCTV, ATI-TV Wonder VE, 
Eline TVMaster
 
va boshqalar. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


101 

Download 2,13 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish