• ISDN raqamli tarmoq orqali ulanish .
  • Shisha tolali aloqa tarmog‘i orqali ulanish
  • Internetning IP-tarmoqosti lokal tarmog‘iga ulanish
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    Kabelli televideniye tarmog‘i
    . Bunday ulanish turida mavjud bo„lgan 
    barcha kabelli televideniye va kabelli modemlardan foydalaniladi. 
    Uzatish tezligi 1 
    Mbit/s
    . gacha. Ammo, barcha uylarda ham kabelli 
    tarmoq mavjud emas, ko„plab provayderlar ularni ulashga tayyordirlar. 
    ISDN raqamli tarmoq orqali ulanish

    Buning uchun 
    ISDN
    ga ulanish 
    adapteri (ko„pincha 
    ISDN
    -modem deyiladi) va foydalanuvchiga tortilgan 
    ISDN
    tarmoq talab qilinadi. Ma‟lumotlarni uzatish tezligi 
    64
    yoki 
    128 
    Kbit/s

    Shisha tolali aloqa tarmog‘i orqali ulanish
     
    – eng qimmat, ammo 
    sifatli bog„lanishdir. Buning uchun provayderdan foydalanuvchigacha 
    alohida shisha tolali kabel tortiladi. Apparat vositalari qimmat turadi, 
    ammo uzatish tezligi provayderning fizik imkoniyatlariga bog„liq 
    (moliyaviy ahvoli). 
    Internetning IP-tarmoqosti lokal tarmog‘iga ulanish
    . Texnik jihatdan 
    bu eng sodda ulanish. Bunda lokal tarmoqqa ulangan tarmoq adapteri 
    zarur. Adapterga IP tarmoq protokoli ulanadi, IP-manzil tayinlanadi va 
    kompyuter tarmoqning teng huquqli a‟zosiga aylanadi. Provayder bilan 
    bog„lanish masalalari tarmoq administratori zimmasiga yuklatiladi. U 
    lokal tarmoqni marshrutizator orqali global tarmoqdan ajratishi lozim. 
    Marshrutizatorning provayder bilan bog„lanishi yuqorida keltirilgan 
    usullardan biri orqali amalga oshiriladi. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    114 
    Internetda ishlash uchun qo„shimcha dasturlar zarur. Bunday 
    dasturlarni tanlash Internetning qanday xizmatidan foydalanishimizga 
    bog„liq. Turli xildagi xizmatlarni taqdim etuvchi bir necha tur xizmatlar 
    mavjud. 
    Internet pochtasi
    . Kimda kim Internetga ulansa, avtomatik ravishda 
    elektron pochta manzilini oladi. Bog„lanish amalga oshirilayotgan 
    serverda elektron «pochta qutisi» yaratiladi (qattiq diskda papka). 
    Elektron pochta bilan ishlash uchun standart dastur xizmat qiladi 
    (Windows 95 – Internet Mail, Windows 98 – Outlook Express va h.k.)

    Elektron pochtaning oddiy pochtaga nisbatan ustunligi – tezkorlikdir 
    (har qanday nuqtaga bir necha soatda yetkaziladi). Yana bir ustunligi – 
    uning arzonligi. Internetning har bir mijoziga manzil avtomatik 
    berilganligi sababli, bu xizmatni tekin deyish ham mumkin. 
    Elektron pochtaning telefon aloqasiga nisbatan ham ustunligi 
    mavjud. Elektron pochta orqali uncha tanish bo„lmagan kishiga yoki 
    juda band kishiga ham murojaat qilish mumkin, masalan, Prezidentga. 
    Agar uning imkoniyati bo„lsa, javob beradi. 
    Telekonferensiyalar
    . Bu qiziqarli xizmat elektron pochtaning o„ziga 
    xos rivojlangan turi hisoblanadi. Telekonferensiyalar guruh yangiliklari 
    deb ham yuritiladi. Masalan, biz xabarni bir kishiga emas, yer yuzining 
    barcha aholisiga yubormoqchimiz. Buni amalga oshirish uchun 
    insonning manzilini emas, balki telekonferensiya nomini ko„rsatish 
    zarur. Bizning xabarimiz avval bizga Internet xizmati ko„rsatuvchi 
    serverga tushadi, so„ngra u bilan bog„langan barcha serverlarga uzatiladi 
    va shu tariqa davom etadi. Yuborilgan xabar dunyo bo„ylab tarqaladi. 
    Xabarlar serverlarda uch – yetti kun saqlanadi. Bu vaqt mobaynida 
    har qanday foydalanuvchi bizning xabarni o„zining xizmat taqdim 
    etuvchi serverida o„qishi mumkin. 
    Windows 95 
    tizimida guruh 
    yangiliklari bilan ishlash uchun 
    Internet News 
    dasturi, 
    Windows 98 
    da 
    esa buning uchun 
    Outlook Express 
    xizmat qiladi. 
    World Wide Web 
    – bu Internetning eng ommaviy va eng taniqli 
    xizmati. Ko„pincha uni sodda qilib Web deb nomlashadi. Web interfaol 
    ishlash uchun mo„ljallangan, axborotlarni qidirish va yig„ish 
    imkoniyatini beradi. WWWda ishlash dunyo bo„ylab qiziqarli joylarni 
    o„rgangan holda virtual sayr qilishga o„xshaydi. 
    World Wide Web 
    asosida ikki tushuncha yotadi: hujjatlarning HTML formati va 
    gipermatnli murojaatlar. 
    HTML – bu elektron matnli hujjatlarni formatlash maxsus tilidir. U 
    noma‟lum vositalar orqali ko„riladigan elektron hujjatlarni jihozlash 
    uchun maxsus yaratilgan. HTML tilida hujjat yaratish dasturlash kabidir. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    115 
    HTML
    da gipermatnli murojaatlar yaratish uchun maxsus teglar 
    guruhi (maxsus kodlar) mavjud. 
    Gipermatnli murojaat 
    – matnning 
    ajratilgan qismi bo„lib, u bilan boshqa Web-sahifaning tarmoq manzili 
    bog„langandir. Har bir Web-sahifa boshqa Web-hujjatlarga murojaat 
    qiluvchi ko„plab murojaatlarga ega bo„lishi mumkin. 
    WWW
    muhitida ishlash uchun Web-sahifalarni ko„rish maxsus 
    vositasi zarur. Bunday dasturlar brauzerlar deb nomlanadi. Hozirgi 
    kunda bunday brauzerlarning bir necha turi mavjud. Masalan, 
    Internet 
    Explorer

    Opera

    Mozilla Firefox, Cherome
     
    va boshqalar. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish