• WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    musiqa
     
    va 
    video
     
    ma‟lumotlarning ham ko„plab manbalari 
    mavjud. Internet tarmog„i orqali musiqa eshitish, radio tinglash, 
    teledasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilish mumkin. Internet orqali 
    radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ushbu turdagi xizmatlarni 
    taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet 
    orqali radio tinglash yoki teleko„rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu 
    tizimga bog„lanishning o„zi kifoya. Ammo musiqa va filmlar Internet 
    tarmog„iga ulangan kompyuterlarda alohida material ko„rinishida 
    saqlanadi. Musiqa va video materiallari ustida ham grafik (rasm) 
    materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo„yicha qidiruv olib borish 
    mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi 
    maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taaluqli biror jumla 
    kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi.Qidiruv tizimi tomonidan 
    kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan 
    Web-saytlar ro„yhati shakllantiriladi. 
    WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi

    WWW.UZ
    – bu barcha 
    foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog„idagi milliy 
    segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi 
    tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va 
    kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish 
    UZINFOCOM
    Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining 
    asosiy hususiyatlaridan biri uning ko„p tilli axborot qidiruvi (ruscha, 
    o„zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va berilganlar bazalari 
    bilan o„zaro ishlay olishidadir. 
    WWW.UZ 
    Internet tarmog„i foydalanuvchilariga milliy segmentda 
    joylashgan Web-saytlar bo„yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va 
    qidiruvni Web-sayt manzili va ichki ma‟lumotlari bo„yicha olib borishi 
    mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo„lgan axborotni samarali 
    qidirish va topish imkoniyatini beradi. 
    WWW.UZ
    qidiruv tizimi Internet resurslari (Web-saytlari) katalogini 
    va Web-saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo„yicha jamlangan statistik 
    ma‟lumotlarni to„playdi hamda axborot texnologiyaari sohasidagi 
    yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    120 
    WWW.UZ
    «Katalog» bo„limi – Internet tarmog„ida ochiq holda 
    joylashgan, O„zbyekiston Ryespublikasiga aloqador bo„lgan, ro„yxatga 
    olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo„yicha saralangan 
    web-saytlar to„plami. 
    WWW.UZ
    katalogi har kuni qidiruv tizimining faol 
    foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi. Har bir 
    foydalanuvchi «Top-reyting» bo„limiga kirib, barcha ro„yxatga olingan 
    saytlar reytingini ko„rishi, «Jamlangan statistika» bo„limida esa ularning 
    statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish