123
o„z shaxsiy kompyuterlarida videomatn fayllarini yaratish;
maxsuslashtirilgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan
videomatn fayllariga kirish huquqini olish uchun shartnoma
tuzish. Sotish uchun mo„ljallangan bunday fayllar kompaniyaning
mos xizmatini ko„rsatuvchi serverlarida saqlanishi yoki optik
disklarda taqdim etilishi mumkin;
boshqa korxonalar bilan ularning videomatn fayllariga kirishga
ruxsat olish uchun shartnomalar tuzish.
Korxonalar o„rtasida o„z mahsulotlarining kataloglari va narxlari
bilan videomatnli ko„rinishda almashish ommaviylashib bormoqda.
Videomatn savdosi bilan shug„ullanayotgan kompaniyalar xizmati
gazeta va jurnallar bilan raqobatlasha bormoqdalar. Hozirgi kunda
ko„plab davlatlarda gazeta va jurnallarning videomatn shakliga
buyurtma berish mumkin (birja axborotlarining joriy holati haqida
gapirmasa ham bo„ladi).
Faksimil aloqasi.
Bunday aloqa kommunikatsion kanalning bir
boshida hujjatni o„qish va uning tasvirini ikkinchi boshida tasvirlash
imkoniyatiga ega bo„lgan faks-apparatni qo„llashga asoslangan.
Faksimil aloqasi ishtirokchilarning geografik holatidan qat‟iy nazar,
muammoni hal qilayotgan ishtirokchi guruhlarga qaror qabul qilishda
hujjatlarni tez va oson tarqatishda o„z hissasini qo„shmoqda.