138
pasportini kredit kartochkadagi axborotlar mazmuniga nisbatan
tekshirish kiradi. Pasport mavjud bo„lmaganda operatsiya bekor qilinishi
mumkin. Shu sababli, Internet-magazindan boshqa kredit kartochka
bo„yicha biror narsa sotib olish qiyin. Magazin mijoz imzosi bilan
tasdiqlangan slip kartochkani olmagunga qadar so„nggi bank schotidan
pulni o„tkazmaydi.
Bank va to„lov tizimi kam tavakkal qiladi, chunki zarurat
tug„ilganda mijozga qaytariladigan pullar kartani qabul qilgan savdo
nuqtasidan olinadi. Bu operatsiyada magazin eng ko„p tavakkalchilik
qiladi. Buning sababi, biror narsa yuzaga kelganda u mahsulotsiz va
pulsiz qolishi mumkin. Magazin tavakkalchilikni minimumga keltirish
uchun zarur bo„lgan summani mijoz schotidan tezda olmaydi, faqat uni
zahiralaydi. Keyinchalik xaridor va sotuvchi mahsulotni berishda
uchrashadilar. Shu jarayonda slip (xaridni hujjatli tasdiqlash) yaratiladi
va kartochka egasi uni imzolaydi. Qabul qilingan slip magazin va
jarayon markazi uchun kelishuv amalga oshganligining tasdig„i bo„ladi.
Slipni olish davrida kassir (yoki kuryer) kartochka egasi imzosini
namuna bilan taqqoslaydi va tortishuvli vaziyatlarda pasport talab qilishi
mumkin.
Umuman, savdo tashkilotlari uchun Internet orqali ishlashdagi
tavakkalchilik kredit kartochkalaridan odatdagi foydalanishlardagi
tavakkalchilik bilan mosdir. Rossiyaning ko„plab virtual magazinlari
«Multikarta» jarayonlash markazi bilan ishlaydilar va kredit
kartochkalarini mualliflashtirish bilan bog„liq bo„lgan barcha
masalalarini hal qiladilar.
Turli bosqichlarda to„lov tizimi tarmog„iga fizik ulanish uchun turli
texnologiyalar qo„llanilgan. Avval kirish telefon tarmoqlari orqali
amalga oshirilgan. Bog„lanish o„rnatilishi va mualliflashtirish o„tgunga
qadar foydalanuvchilar ko„p vaqt kutishlariga to„g„ri kelgan. Hozir
ko„plab magazinlar Internetdan
X.25
tarmog„iga o„tish uchun provayder
tomonidan taqdim etilayotgan shlyuzdan foydalanmoqdalar.