Elektron tijoratda axborotlarni himoyalash




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/104
Sana07.08.2024
Hajmi2,13 Mb.
#269215
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

Elektron tijoratda axborotlarni himoyalash
Forrester Research 
tadqiqotlariga ko„ra, tarmoqni himoyalashga 
sarflanadigan mablag„ning katta qismi ma‟lumotlarni shifrlash va 
brandmauerlarni mustahkamlash bilan bog„liq. Ammo, tezkor shifrlash 
uchun anjom, raqamli sertifikatlarga xizmat ko„rsatish va himoyalanish 
qoidalari sifatida qilingan bunday o„zlashtirish, tijorat Web serverini 
buzish natijasida keltiriladigan moliyaviy zararni hisobga oladigan 
bo„lsak, odatda qisqa muddatlarda o„zini oqlaydi. Tadqiqotlarda shu 
www.ziyouz.com kutubxonasi


139 
narsa ta‟kidlanadiki, qo„llab-quvvatlash xizmatiga bo„lgan barcha 
murojaatlarning 
40%
i hayolparast foydalanuvchilarning parolni tiklash 
iltimosi bilan bog„liq. Qo„llab-quvvatlash xizmatining bu yo„nalishdagi 
harajatlarni smart-kartalar yordamida sezilarli darajada kamaytirish 
mumkin. Va nihoyat, 
Forrester 
tadqiqotlarida shu narsa ta‟kidlanadiki, 
Fortune 1000 
qatoridagi kompaniyalar tarmoqni himoyalash uchun 
yiliga kamida bir million dollar mablag„ sarflaydilar. Bu xarajat katta 
ko„ringani bilan buzishdan keladigan zarar bilan taqqoslanganda hech 
narsa emas. 
Elektron tijoratlar uchun mahsulotlar va raqamli sertifikatlar xizmati 
ishlab chiquvchi 
VeriSign 
kompaniyasining korporativ marketing 
bo„yicha direktori Djina Klyayn Djorashning xabar berishicha 
buyurtmachilar raqamli sertifikatlarga 
400 – 1000
dollar oralig„ida, bir 
Web server sertifikatining to„liq xizmatlari spektri uchun 
200.000 – 
1.000.000
dollar harajat qiladilar. Bunday sarflardan tashqari, himoyalash 
tizimining ajralmas qismi bo„lgan brandmauerning narxini ham hisobga 
olish zarur. 
Himoyalash sohasining eng muhim masalalaridan biri standartlar 
masalasidir. Elektron himoyalangan tranzaktsiyalar (
Secure Electronic 
Transaction, SET

CyberCash, Netscape Communications 
va 
RSA Data 
Security 
(SET ishlab chiquvchi komplektni taklif etuvchi) kabi 
kompaniyalarning xizmatidan foydalanadilar. Ammo, boshqa standartlar 
ham mavjud, masalan 
Secure/MIME 
va 
United Nations/Electronic Data 
Interchange 
for 
Administration, 
Commerce, 
and 
Transport 
(UN/EDIFACT)
. Universal va yagona usul mavjud bo„lmas ekan, 
mahsulotlarni va himoyalashning usullarini tanlash oson bo„lmaydi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijoratda axborotlarni himoyalash

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish