131
an‟anaviy mahsulotlar bilan savdo qiluvchilar ham kira boshladilar.
Ko„plab kitob magazinlari, kompakt-disk va videokasseta magazinlari
paydo bo„ldi. Hozirda har qanday tovarni
tarmoq orqali sotib olish
mumkin.
Elektron tijorat (e-commerce)
– bu elektron yo„l bilan tijorat
jarayonlarini tezlashtirishdir. Bu holda axborot, har bir bosqichda
qog„ozli nusxasini yaratishni chetlab o„tgan holda,
axborot qabul
qiluvchiga yuboriladi.
«
Elektron tijorat» termini o„zida ko„plab turli texnologiyalarni
birlashtiradi, shu jumaladan –
EDI
(Electronic Data Interchange –
ma’luotlar bilan elektron almashish)
,
elektron pochta, Internet, Intranet
(korxona doirasida axborot almashish)
,
Ekstranet (tashqi olam bilan
axborot almashish)
. Shunday qilib, elektron
tijoratni Internet orqali
tijorat yuritish deb tavsiflash mumkin.
Elektron tijorat tizimlarini ikki sinfga bo„lish mumkin: chakana
savdoni tashkillashtirish uchun tizimlar va ishbilarmon hamkorlar bilan
aloqalar uchun tizimlar.
Elektron tijorat tushunchasi nafaqat Internetga yo„naltirilgan
tizimlar, shu bilan birga boshqa kommunikatsion muhitlardan
foydalanuvchi «elektron magazinlar» –
BBS
,
VAN
va
boshqalar uchun
ham o„rinlidir. Shu bilan birga,
WWW
dagi axborotlarni qo„llovchi, ammo
ma‟lumotlar almashish uchun faks, telefon va boshqa vositalardan
foydalanuvchi sotish jarayonlari qisman elektron tijorat tizimiga
kiritilishi mumkin.
WWW
elektron tijoratning asosi bo„lishiga qaramay,
bir qator
tizimlarda boshqa kommunikatsion imkoniyatlardan foydalaniladi.
Masalan, mahsulot parametrlarini aniqlash yoki buyurtmani hisobga
olish uchun ma‟lumotllar sotuvchiga elektron pochta orqali jo„natilishi
mumkin.
Qanday axborotni elektron ko„rinishda uzatish mumkin?
Kompyuterda yaratish mumkin bo„lgan har qanday axborotni. Masalan,
matnli fayllar, elektron jadvallar, berilganlar bazasi, rasmlar,
axborot
so„rovlari, prays-varaqalar, multimedia ma‟lumotlari va boshqalar.