134
xaridlarini to„lash va to„lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo„ldilar.
Elektron-raqamli
imzodan
foydalanishga
asoslangan
samarali
himoyalash mexanizmi tizimning yuqori darajada himoyalanishini va
katta to„lovlarni amalga oshirishni ta‟minladi. Amalga oshirilgan
to„lovning mijoz tomonidan bekor qilinishi bankning tijorat-tavakkali
hisoblanadi. Yaqin kunlargacha elektron tijorat ommaviy bo„lgan
«Monopoliya» o„yinini eslatar edi – stol atrofida o„yinchilar soni ko„p
bo„lib, ularning o„yinda qolishini hech kim kafolatlamaydi.
Internet-tijoratning «o„yin maydoni» sezilarli darajada o„zgardi.
Zona Research
tomonidan
500
dan ortiq xodimi bo„lgan
100
dan ortiq
kompaniyalarda o„tkazilgan so„rovlar shuni ko„rsatdiki, ularning 80%i
marketing uchun Internetdan foydalanadilar,
10%
i esa hozirda elektron
tijorat
bilan
shug„ullanmoqdalar.
Kuzatishlarga
ko„ra,
bu
kompaniyalarning deyarli
45%
i yaqin
2–3
yil ichida Internet orqali savdo
dasturini tadbiq qilishni rejalashtirmoqdalar.
Ayrim kompaniyalar, masalan,
Dell Computer
, elektron tijorat
sohasida sezilarli darajada yutuqlarga erishganliklarini e‟tirof
etmoqdalar.
Dell
Web serverdan nafaqat savdoni tashkillashtirish, balki
texnik jihatdan qo„llab-quvvatlashga bo„lgan sarflarni kamaytirish uchun
ham foydalanmoqda. Elektron tijorat bilan samarali shug„ullanayotgan
kompaniyalardan
Federal Express
va
Cisco Systems
ni ham aytish
mumkin. «Monopoliya» o„yini kabi, elektron tijoratning ham o„z
qoidalari mavjud.