129
joriy kodga o„zgarishlar
kiritmasdan, o„quv dasturlarining to„g„ri
ishlashini ta‟minlaydi.
Web-texnologiyalar hujjatni jihozlashda ijodiy yondashuvning
ajoyib imkoniyatlarini taqdim etadi. O„quvchiga berilayotgan materialni
taqdim etish uchun ixtiyoriy qulay shakl tanlanishi mumkin. Bu sahifada
ixtiyoriy ko„rinishda joylashgan fotosurat, grafika, matn, videoparcha va
boshqalar bo„lishi mumkin. Bu o„qish va jihozlashlarda yordam berishi
mumkin bo„lgan sodda prinsiplar bilan izohlanadi. Bunday holatda
yaxlit materialni ko„rish va o„qish haqida so„z borar ekan, hujjatni
jihozlashning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish zarur bo„ladi.
Birinchi
navbatda, sahifa foniga halaqit beruvchi hech qanday
grafik tasvirlardan foydalanish mumkin emas. Fon birinchi navbatda
monoton, oq bo„lishi shart emas. Agar fon oq bo„lsa, u holda matn to„q
ranglarda, masalan, qora yoki to„q ko„k rangda bo„lishi lozim. To„q fon
va ochiq rang ishlatish mumkin emas – bu o„quvchi ko„zining
toliqishiga olib keladi. Bundan tashqari juda mayda shriftlardan
foydalanishdan to„liq voz kechish lozim.
Shuni ham e‟tiborga olish lozimki,
sahifalar turli grafik
imkoniyatlarga ega bo„lgan tizimlarda va ranglar palitralarida ko„riladi.
Shu sababli, 16 rangli palitradan foydalanish rang bilan ajratilgan matnni
tasvirlashda «buzilishlarni» kamaytirish imkonini beradi. Bu grafik
materiallarga ham taalluqlidir (grafiklar, sxema, diagramma, rasm va
boshqalar). Faqat kamida 256 rang qo„llaniladigan tasvirlar bundan
mustasno. Bu ko„rish dasturida fototasvirlarni
ifodalashning minimal
sifatini ta‟minlaydi. Bundan tashqari, bunday rang palitralaridan hamda
tasvirni siqishni qo„llovchi grafik formatlardan
(
.
gif,
.
jpg
) foydalanish,
tarmoq orqali uzatilayotgan tasvir, hujjat umumiy hajmini kamaytirish
imkonini beradi.
Hujjatlar mazmuniga to„xtalamiz. Masofaviy ta‟lim
shunday
holatki, hujjat mazmuni uning taqdim etish shaklidan ustun bo„lishi
lozim. Barcha hujjatlar shakli imkon qadar tartiblangan bo„lishi lozim.
Sahifa o„quvchi e‟tiborini o„ziga jalb qiluvchi hech qanday ortiqcha
ma‟lumotlarga (grafik yoki matnli) ega bo„lmasligi lozim. Hujjatni
o„qish chegarasi imkon qadar tor bo„lishi lozim. Bunga hujjat
chegaralarida maydonlar hosil qilishga imkon yaratishi mumkin.
Gorizontal surgichga ega bo„lgan hujjat yaratish tavsiya etilmaydi.
Bunday hujjatlarni o„qish va o„rganish juda noqulay bo„ladi. Har bir
alohida
hujjat hajmi
40 – 60
Kbaytdan ortmasligi lozim. Bu ularning
yuklanishini tezlashtiradi.
Barcha o„quv materiallari qat‟iy tarkiblangan bo„lishi va ular ichida
www.ziyouz.com kutubxonasi
130
interfaol qidirish imkoniyatini taqdim etish lozim. O„quv materiallari
qiziquvchiga har qanday usul bilan yetkazib berilishi mumkin. Bu Web-
serverdan to„g„ridan to„g„ri yuklash va o„qish, Internetga ulanmagan
holda mijoz-dastur yordamida ko„rish uchun hujjat arxivlarini uzatish
hamda o„quv jarayoni ko„rsatilgan boshqa usullar bo„lishi mumkin.
Masofaviy ta‟limning ba‟zi bir manbalari haqida ma‟lumot.
Sity University