126
Masofaviy ta‟lim o„rganish obyekti va sub‟yektining o„zaro
maqsadga yo„naltirilgan, interfaol, asinxron muloqoti jarayonni
ifodalaydi, bunda o„qitish jarayoni masofaga bog„liq emas. Ta‟lim
berish jarayoni elementlari tizim ostlari (o„qitish maqsadi, o„qitish
usullari, o„qitish vositalari, o„quv-material, moliyaviy-iqtisodiy,
normativ-huquqiy) bo„lgan pedagogik tizimda o„tadi.
Masofaviy ta‟lim ta‟lim tizimida biror sababga ko„ra (kambag„allik,
fizik kamchiliklar yoki ishlab chiqarishda bandligi va shaxsiy ishlariga
asosan
ta‟lim
muassasalariga
kela
olmaslik,
ijtimoiy
himoyalanmaganlik, gyeografik yoki vaqt bo„yicha cheklanganlik) hech
kim bilimsiz qolib ketmasligi kerak degan printsipga asoslangan.
Masofaviy ta‟lim boshqa shakllarning yaxshi tomonlarini o„zida
jamlagan holda jamiyatni axborotlashtirishning obyektiv jarayoni
sifatida kirib kelmoqda.
Masofaviy
ta‟lim
va
ta‟lim
tushunchasini
tushunishga
yondashuvning turlichaligini ifodalovchi qarashlar mavjud.