121
http://www.yahoo.com
Axborot-qidiruv tizimlarining
har biri oddiy va batafsil
kengaytrilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli
shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi
axborot- qidiruv tizimlaridan foydalanib ixtiyoriy foydalanuvchi o„ziga
kerakli bo„lgan ixtiyoriy turdagi ma‟lumotni qidirib topishi va undan
foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma‟lumot kerak bo„lib, lekin siz
uning qayerda va qanday ko„rinishda
joylashganligini bilmasangiz, u
holda shu kabi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalaning.
Axborot-qidiruv tizimlari – bu web-sayt bo„lib, Internet tarmog„ida
axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Google va Yahoo
axborot-qidiruv tizimlari dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan
hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ
axborot-qidiruv tizimi
qidiruv so„rovlari bo„yicha ilg„orlardan biridir.
10. Konferensiyalar
Audiokonferensiyalar
Audiokonferensiyalarda masofaviy uzoqlashgan xodimlar va
korxona bo„limlari o„rtasida aloqani ta‟minlash
uchun audioaloqadan
foydalaniladi. Audiokonferensiyani amalga oshirishning eng sodda
vositasi suhbatlarda ikkidan ortiq ishtirokchining qatnashishi imkonini
beruvchi qo„shimcha qurilmalar bilan
jihozlangan telefon aloqasi
hisoblanadi.
Audiokonferensiyani
tashkil
qilish
kompyuterning
mavjud
bo„lishini talab qilmaydi va ishtirokchilar o„rtasida ikki tomonlama
aloqadan foydalanishni nazarda tutadi. Audiokonferensiyalardan
foydalanish qaror qabul
qilishni yengillashtiradi, arzon va qulay.
Audiokonferensiyaning samaradorligi quyidagi shartlar bajarilganda
ortadi:
audiokonferensiyani tashkillashtirayotgan xodim qo„shimcha
ravishda barcha qiziqqan shaxslarning ishtirok etishini ta‟minlasa;
konferensiya ishtirokchilari soni muhokama qilinayotgan
muammo doirasini ushlab turish uchun juda katta bo„lmasligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
122
lozim (odatta
oltitadan ortmaydi);
konferensiya dasturi
uning ishtirokchilariga, faksimil aloqasini
qo„llagan holda, avvaldan xabar qilinishi lozim;
har bir ishtirokchi so„zlashdan avval o„zini tanishtirishi lozim;
konferensiyani yozish va saqlash tashkillashtirilgan bo„lishi
lozim; konferensiya yozuvi chop qilinishi va barcha
ishtirokchilarga jo„natilishi lozim.