124
guruhli munozaralarda ishtirok etish imkonini beruvchi tizim
tushuniladi. Guruh yangiliklarining muhim jihatlaridan biri butun dunyo
bo„ylab millionlab insonlar bilan muloqot qilish imkoniyatidir.
Mutaxassislar o„z hamkasblaridan tez va malakali yordam olishlari
mumkin. Bu tarmoq birinchi navbatda texnik mutaxassislar o„rtasida
axborot almashish uchun o„ylab chiqilgan. Hozirda
UseNet
40.000
dan
ortiq telekonferensiyalarni ta‟minlaydi. Mavzular guruhi turli-tuman va
deyarli barcha soha qiziqishlarini o„z ichiga oladi. Rus serverlari
o„rtacha
15.000 – 19.000
guruh yangiliklarni ta‟minlaydi.
UseNet Internet tarmog„iga kiruvchi alohida tarmoq emas, balki
alohida xizmati hisoblanadi. Unda axborot almashinuvi jarayonini hech
kim nazorat qilmaydi. Faqat ayrim tijorat yoki maxsus munozara uchun
yaratilgan guruhlargina nazorat ostida bo„ladi. Axborotlar oqimini
maxsus operatorlar (moderatorlar) kuzatib boradi.
Xalqaro darajadagi asosiy konferensiyalar