141
yoki maxfiy axborotni oshkor etishga qaratilgan. Bunday tahdidning
amalga oshirilishida axborot unga kirish huquqi bo„lmagan shaxslarga
ham oshkor bo„ladi.
Axborot yaxlitligining buzilishiga tahdid
kompyuter tizimida
saqlanayotgan yoki alohida tarmoq orqali uzatilayotgan axborot tarkibini
o„zgartirishga, uning sifatini buzishga yoki butunlay yo„qotishga
qaratilgan. Axborot yaxlitligi ziyon yetkazuvchi tomonidan tizimga
atayin ta‟sir ko„rsatishi natijasida, hamda o„rab turgan muhit tomonidan
obyektiv ta‟sir ostida ham buzilishi mumkin. Bunday xavf axborotni
uzatish tizimlari – kompyuter tarmoqlari va telekommunikatsiya
tizimlari uchun dolzarbdir.
Tizim ishchi qobiliyatining buzilishiga
(xizmat ko„rsatishdan voz
kechish) tahdid axborotlarga avtomatik ishlov berish tizimining ishlash
qobiliyatini pasaytirish yoki uning ayrim manbalariga kirishni ta‟qiqlab
qo„yishga yo„naltirilgan.
Axborotlarga ruxsatsiz kirishning asosiy yo„llariga quyidagilar
kiradi: elektromagnit nurlanishlarni tutish;
eshitish qurilmalarini qo„llash;
akustik nurlanishlarni tutish;
axborot tashuvchilarni va hujjatlarin o„g„irlash;
ro„yxatdan o„tgan foydalanuvchi niqobidan foydalanish;
kompyuter viruslarini tadbiq qilish va ulardan foydalanish.
Axborotlarni
himoyalash
muammolari
nafaqat
ko„p
sonli
kompyuter vositalaridan foydalanuvchilarni, balki kompyuter tizimlari
va tarmoqlari sohasidagi mutaxassislarni ham ko„proq o„ziga jalb
qilmoqda. O„ziga bunday savol bilan murojaat qiladigan sub‟yektning
asosiy maqsadi – axborot xavfsizligidir.
Umumiy holda barcha xavflarni ikki guruhga bo„lish mumkin:
ichki