|
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun oBog'liq Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)Internetda ishlash asoslari
Internetda ishlash uchun avvalambor unga ulanish lozim. Internetga
ulanish uchun kompyuter doimiy IP-manzilga ega bo„lgan kompyuterga
ulanishi lozim. Bunday tashkilotlar Internet xizmati taqdim etuvchilar
yoki servis-provayderlar deyiladi. Xizmat ko„rsatish uchun shartnoma
tuzilganda Internet xizmati taqdim etuvchi quyidagi axborotlarni taqdim
etadi:
1.
Telefon raqami – modem va telefon tarmog„i orqali masofaviy
bog„lanishni amalga oshirish uchun.
2.
Foydalanuvchi nomi
(login)
– bog„lanish davrida ro„yxatdan
o„tkazish uchun kiritilishi lozim.
3.
Parol
(password)
– kiritish foydalanuvchining haqqoniyligini
tasdiqlaydi.
Internetga ulanishning bir necha usullari mavjud. Biz ularning
ba‟zilari bilan qisqacha tanishib o„tamiz
Kommutatorli (oddiy) telefon tarmog‘i
.
Modem
yordamida
kommutatorli (
oddiy
) telefon orqali ulanish eng ommaviy usul
hisoblanadi. Buning uchun modem (ichki yoki tashqi) o„rnatish va
Internet-brauzerni (amaliy dastur) sozlash lozim (Windowsda «sozlash
ustasi (masteri)» barcha zarur bo„lgan savollarni beradi). Albatta,
provayder bilan shartnoma tuzish va provayder bilan bog„lanishi uchun
telefon raqami, foydalanuvchi nomi va parol olish zarur. Provayder
ihtiyoriy joyda bo„lishi mumkin, ammo imkon qadar yaqin provayderni
tanlash maqsadga muvofiq (telefon tarmog„i nuqtai nazaridan). Modem
orqali ulanishning bir qator kamchiliklari mavjud: tarmoqdan
ma‟lumotlarni qabul qilish
56
Kbit/s
.dan ortmaydi, uzatish esa bundan
ham past. Aloqa tarmog„i
(
Dial-up
)
orqali kirish uchun xonadoningizda
yetarli darajada sifatli telefon tarmog„i bo„lishi zarur. Agar telefon orqali
suhbat davrida turli shovqinlar va uzilishlarni eshitsangiz – tarmoq
yetarli darajada sifatli emas.
|
| |